Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Kuz ertagi-soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Qirolicha - Soundterck
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Choli Qushi-soundtreck
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

O‘z bolalarini o‘ldirib, muzlatgichda saqlagan ota-ona sudda ko‘rsatma berdi


Avvalroq, jinoyat ishlari bo‘yicha Olma-ota sudida 2 farzandini o‘ldirib, jasadini muzlatgichda saqlagan ota-onaning qotilligi yuzasidan ilk sud eshituvi o‘tkazilganligi haqida xabar bergan edik.

Sentabr oyida muzlatgichdan topilgan bolalarning otasi – o‘zbekistonlik Emil Gilmutdinov sudda o‘z ko‘rsatmalarini berdi. U qotillikni sodir etayotganida aqlu-hushi o‘zida bo‘lmaganligini ta’kidlagan. Bu haqda “Kazinform” agentligi xabar berdi.

“Men bolalarni shunchaki bo‘g‘dim. Turmush o‘rtog‘im Alla Volchenko yelkasida katta o‘g‘lini uxlatgancha uyga keldi. U sarmast va charchagan edi. Keyin uxlashga kirib ketdi. U uyg‘onib, bolalarning qaerdaligini so‘radi. Men esa ularni mehribonlik uyiga topshirganimni aytdim.

Biz boshqa uyni ijaraga oldik. Tushda u uxlab qoldi. Biroz o‘tib bolalar maydonchasiga chiqdik va u yerda men qilgan ishimni aytdim.

Biz janjallashib ketdik, bizni ajratishdi. Keyin ijaraga olgan uyimizga qaytdik va o‘zimizni o‘ldirmoqchi bo‘ldik. Vahimaga tushib qolgandik. Men gazni yoqdim va biz uxlab qoldik. Lekin biz buning ham uddasidan chiqa olmadik va bizni ichki ishlar bo‘limiga olib ketishdi”, dedi sudlanuvchi Emil Gilmutdinov.

Alla Volchenko yollagan advokatning aytishicha, ayol Emil Gilmutdinovning gazni yoqib qo‘yganini bilmagan.

Sudlanuvchining aytishicha, ular ijaraga olgan Alla Volchenkoning sobiq turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan. Alla Volchenkoning sobiq turmush o‘rtog‘i bilan ko‘rishishini istamagan Emil Gilmutdinov ko‘p bora janjal keltirib chiqargan.

“Bolalarni bo‘g‘ishga qaror qilganimda, miyam ishlamay qolgandi. Bundan tashqari, mast edim, Alla bilan janjallashgandik. Bolalarni o‘ldirganimdan keyin nima qilishni bilmay qoldim.

To‘ng‘ich o‘g‘limni ko‘chada qoldirib ketdik. Bu paytda Alla taksida yig‘lab o‘tirgandi”, deydi Emil.

Emil Gilmutdinovning ko‘rsatmalariga qaramasdan, sud hay’ati Alla Volchenko hamda Emil Gilmutdinov birgalikda harakat qilganliklarini ilgari surmoqda. Volchenkoning to‘ng‘ich farzandi qotillikka guvoh bo‘lmasligi uchun ko‘chaga chiqib ketgan bo‘lishi mumkin. Tergovchilarning fikriga ko‘ra, ota-ona bolalarni boqa olmaganliklari uchun qotillikka qo‘l urishgan.

Sud jarayonida bolalarning onasi Alla Volchenko ham ko‘rsatma berdi.

“Emil bolalarning qaerdaligini mendan yashirdi. Keyin esa ular mehribonlik uyida ekanligini aytib, ichishga majbur qildi. Men esa vahima qilishni boshladim. U vaqtni cho‘zib, “keyin aytaman” dedi. O‘sha vaqtdagi holatimni so‘z bilan tushuntirib bera olmayman.

U menga bolalarni o‘ldirganligi haqida aytganida, ishonmadim. Keyin esa menga tahdid qilishni boshladi. Agar kimgadir bu haqda aytsam, katta o‘g‘limni ham o‘ldirishini aytdi. Men o‘g‘limning hayotidan xavfsiradim”, deydi Volchenko.

Alla Volchenkoning aytishicha, u Emilni polisiyaga kelib, o‘z aybiga iqror bo‘lishga ko‘ndirgan. Ma’lumotlarga qaraganda, Emil Gilmutdinov ko‘p spirtli ichimliklar ichgan va kuchli alkogol ta’sirida harakatlarini nazorat qila olmagan va hatto, eslay olmagan.

Durdona Rasulova



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 11259 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Madina Ahmedova пишет: | 26.11.2017 | 12:09 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует shunaqa odamlani peshanasidan otib tashash kere. bula odammas vaxshiy mahluqla.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное