Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

“O‘zavtomotors” AJga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganligi uchun ish qo‘zg‘atildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “O‘zavtomotors” AJga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganligi uchun ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan hukumat topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida hamda fuqarolardan yozma va ommaviy axborot vositalari orqali kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “UZAUTOMOTORS” AJda  O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni va sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlar talablariga rioya etilishi, shu jumladan, ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar tannarxi shakllanishi va narx qo‘llanilishi asosliligi yuzasidan vakolat doirasida tekshirish o‘tkazildi.
Tekshirish natijalari bo‘yicha jamiyat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida” Qonunining tegishli moddasi talablari buzilishi alomatlari aniqlanib, “UZAUTOMOTORS” AJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, “UZAUTOMOTORS” AJga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining maxsus komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilinganidan so‘ng natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.


Manba:zamon.uz
Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 2678 | Рейтинг: 0| Рейтинг: raqobat to‘g‘risidagi, O‘zavtomotors, qonunchilik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное