Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

«O’zbegim taronasi» 13 yoshing muborak!!!

Bugun yurtimizning eng nomdor radiolaridan biri hisoblangan «O’zbegim taronasi» radiosi o’zining 13 yoshini nishonlamoqda.   Ushbu tavallud kun munosabati bilan «O’zbegim taronasi» radiosiga juda ko’plab yulduzlarimiz birin-ketin o’z tabriklari bilan tashrif buyurishmoqda.

Muborakbod etish uchun biz ham tashrif buyurdik va biz tashrif buyurgan vaqtda studiyada boshlovchilar Dilmurod G’ulomov hamda Tursunoy Alimova efirni boshlash taraddudini ko’rishayotgan edi. Efir mehmoni esa Dilshodbek Kattabekov edi. Dilshodga biz ham mehmon sifatida qo’shildik. Suhbat qanday o’tganligini radioni tinglagan ko’plab muxlislar guvohiga aylanishdi. Darhaqiqat, radio hodimlarining kayfiyatlari chog’, haqiqiy bayramona kayfiyat hukm surar edi. Turli aksiyalar tashkil etilgan holda «O’zbegim taronasi» radiosi muxlislariga bir qator hamkorlar tomonidan taqdim etilayotgan sovg’alar ulashildi. Zavqli radioning bir guruh ijodkorlari esa shahrimiz bo’ylab turli joylardan maxsus reportajlar va o’yinlar o’ynab jonli efirga chiqishdi. Xullas, haqiqiy bayramona kayfiyat nafaqat «O’zbegim»chilarda edi, balki ularni tinglagan har bir muxlis uchun ham bayramdek o’tdi bu kun. 1 soatlik efirda bevosita ishtirok etib, barchani muborakbod etganimizdan so’ng asta ortga qaytdik. Qaytayotganimizda yo’lda aksiyani o’tkazib kelayotgan Dj Mix, Sabina va bir guruh boshqa ijodkorlarga duch keldik. Esdalik uchun ular bilan ham fotosuratga tushdik. Quyida barcha fotosuratlarni siz azizlarga taqdim etmoqdamiz.

Shu o’rinda «O’zbegim taronasi» radiosi ijodiy jamoasini yana bir bor ushbu quvonchli kun bilan tabriklab qolamiz. Ularga omad va baxt tilagan holda kelajakda ham birinchi raqamli radio bo’lib qolishlariga tilakdoshmiz. Zavqli radioni doimo tinglab boring, aziz muxlislar!!!



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4769 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O’zbegim taronasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
аватар отсутствует Bzayam tabriklimiz 6zbegim taronasini 13 yowi blan
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное