Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Zerda - Soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. TisMarHan-soundtreck
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“O‘zbekiston 24” kanali qachon ishga tushishi ma’lum qilindi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Milliy teleradiokompaniya tarkibida Xorijda ham muxbirlik punktlariga ega bo‘ladigan va butun respublika bo‘ylab kun-u tun efirga uzatiladigan “O‘zbekiston 24” axborot-tahliliy teleradiokanalini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi.

 

MTRK tarkibida tashkil etilayotgan “O‘zbekiston 24” axborot-tahliliy teleradiokanali qachondan ish boshlashi ma’lum qilindi.

Yangi kanal dushanba 24 iyul soat 10:00 dan o‘z efirlarini uzata boshlaydi. Huddi shu kuni “O‘zbekiston 24” radiokanali va www.Uzbekistan24 saytlari ham o‘z faoliyatini boshlaydi. Dastlab telekanal efirlari yozib olingan holda keyinchalik esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilishi ko‘zda tutilgan.

Yangi radio va telekanal “Diyor” telekanali va “Toshkent” radiokanallarining chastotalarida efirga uzatiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, “O‘zbekiston 24” teleradiokanalining shtat birligi 251 kishidan iborat.

Kanal SD va HD formatlarida raqamli efir ijtimoiy paketiga kiritiladi. Uning HD formatidagi translyatsiyasi mamlakatda ushbu formatga to‘liq o‘tilgunga qadar parallel ravishda UzHD kanalida ham amalga oshiriladi.

Mazkur kanallarning ishga tushirilishidan ko‘zda tutilgan maqsad aholiga xolis va ishonchli axborot yetkazish, mamlakat mediahududini sifatli axborot-tahlil mahsuloti bilan boyitish, mamlakat va xorijda yuz berayotgan siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, madaniyat, fan va sport sohasidagi muhim voqealarni tezkorlik bilan yoritish ekanligi bildirilmoqda.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2092 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston 24
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное