Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodi taqdim etildi




12-dekabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Konstitutsiyasining 98-moddasiga asosan, O‘zbekiston bosh vaziri nomzodini ko‘rsatish masalasi Siyosiy Kengash a’zolari tomonidan atroflicha muhokama qilindi.
 
Konstitutsiyaga binoan, O‘zbekiston bosh vaziri nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
 
Majlis ishtirokchilari bo‘lib o‘tgan muhokamalar natijasida O‘zbekiston Prezidentiga bosh vazir lavozimiga hozirda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Abdulla Aripov nomzodini taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
 
“Ta’kidlanganidek, Abdulla Nig‘matovich Aripov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati uchun mas’uliyatni to‘la zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor va talabchan, yangilikka intiluvchan, jonkuyar va vatanparvar, quyidan yuqorigacha bo‘lgan barcha bo‘g‘inlardagi ijro organlarini boshqarishda yetarli tajriba va salohiyatga ega bo‘lgan fidoyi insondir”, — deyiladi partiya axborotida.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4509 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Abdulla Aripov, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar hara, bosh vazir
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Ha Bosh Vazirlikka munodibmikin?
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное