Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ayol Qalbi - You can't say
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Ayol Qalbi - True Love
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Saidjonov vafot etdi

Bugun, 13 fevral kuni O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Saidjonov 2-Toshkent tibbiyot akademiyasi shifoxonasida yurak xuruji bilan vafot etdi. Bu haqda san’atkorning oila a’zolari xabar berdi.

1951 yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani, Tuyaboshi qishlog‘ida tavallud topgan O‘lmas Saidjonov 2016 yilning 10 yanvar kuni qutlug‘ 65 yoshni qarshilagan edi.

O‘sha kezlarda Qarshidagi jismoniy tarbiya institutini tamomlagan san’atkor musiqiy bilimi bo‘lmay turib, ijod olamida o‘z yo‘lini topa oldi. 1972 yilda “Marhabo talantlar” ko‘rik tanlovida g‘olib bo‘lgan O‘lmas Saidjonov taniqli hofiz Komiljon Otaniyozovdan tahsil oldi.
O‘zbek milliy mumtoz musiqasiga katta hissa qo‘shgan san’atkor uzoq yillar davomida O‘zbek davlat filarmoniyasida faoliyat yuritdi. O‘zbekiston badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi bosh direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan san’atkor shu yilning 28 yanvaridan lavozimini tark etgan edi.

O‘lmas Saidjonov 6 farzandning otasi, 12 nabiraning bobosi edi.

Fursatdan foydalanib san’atkorning oila a’zolari va yaqinlariga “Qalampir.uz”  tahririyati nomidan ta’ziya bildiramiz.

Ma’lumot uchun, dafn marosimi ertaga, 14 fevral kuni soat 10:00 da Toshkentdagi “Minor” qabristonida bo‘lib o‘tadi. 
Qamariddin Shayxov


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 12741 | Рейтинг: 1| Рейтинг: O‘lmas Saidjonov, vafot etdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное