Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Rossiyalik taniqli aktyor Mixail Svetin vafot etdi

85 yoshli Rossiya xalq artisti Mixail Svetin yakshanba, 30 avgust kuni tongda Gatchin tuman markaziy shifoxonasida hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi tuman ma’muriyati matbuot xizmati.
Nikolay Akimov nomidagi Sankt-Peterburg akademik komediya teatri badiiy rahbari Tatyana Kazakovaning “Govorit Moskva” radiosiga ma’lum qilishicha, Svetin bilan xayrlashuv marosimi 2 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Mixail Svetin 23 avgust kuni zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, unga gemmoragik insult tashhisi qo‘yilgan. 24 avgustda uning ahvoli og‘ir ekani ma’lum qilingan.
Mixail Svetin so‘nggi vaqtlarga qadar Nikolay Akimov nomidagi Sankt-Peterburg akademik komediya teatrida faoliyat olib borgan.
U Georgiy Daneliyning “Afonya”, Leonid Gaydayning “Bo‘lishi mumkin emas!”, Mark Zaxarovning “12 stul” filmlari bilan tanilgan. Hammasi bo‘lib 100dan ziyod filmlarda rol ijro etgan.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5831 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rossiya, Mixail Svetin, vafot etdi, aktyor, Taniqli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
Damir_95_ Joyi jannatdan bolsin otaxondi
Like | 0
Dilso'z пишет: | 31.08.2015 | 00:28 #3 Страница с комментарием
omina1710 Joyi jannatda bo'lsin
Like | 0
998903419696 Joylari jannatdan bo'lsin
Like | 0
Braveheart Da, xich kim bu dunyoda abadiy yawab qolomidi...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное