Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Aktyor San’at Devonov 84 yoshida vafot etdi

Bugun, 27 aprel kunining ikkinchi yarmida kino va teatr aktyori, O‘zbekiston xalq artisti San’at Devonov 84 yoshida Xorazmda olamdan o‘tdi. Bu haqda Xorazmdagi "Biz buyuk yurt farzandlarimiz" yoshlar festivalida ishtirok etayotgan san’atkorlar ma’lumotiga asoslanib, qalampir.uz xabar bergan.
O‘zbek teatr va kino san’atida o‘chmas iz qoldirgan aktyor San’at Devonov 1932 yilning 9 mayida Xorazm viloyati, Honqa tumanida tavallud topgan edi.
U ijodiy faoliyatini Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatridan boshlagan. Keyinchalik aktyor Toshkentga keladi va hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida o‘qiydi. So‘ng O‘zbek davlat drama teatrida, Abdulla Qahhor nomidagi satira teatrida ishlaydi.
San’at Devonovga teatr sahnasida yirik qahramonlar obrazini gavdalantirish nasib etadi. U "Hamlet"da Hamletni, "Navoiy"da Alisher Navoiyni, "Tohir va Zuhra"da Tohir rolini ijro etdi.
San’at Devonov kino olamida ham salmoqli ijod qildi.
O‘zbek kinotomoshabini uni milliy kinematografiyaning durdona asarlaridan biri "Maftuningman" filmi orqali yaxshi taniydi.
Uning kinodagi ilk roli "Amirlikning intihosi" filmidagi Sherali roli edi (1954).
Marhum aktyorning filmografiyasida 25ta film bor. "Ulug‘bek yulduzi", "Olovli yo‘llar", "Alpomish" shular jumlasidan.
Aktyor San’at Devonovning mehnatlari e’tiborga olinib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist hamda O‘zbekiston xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7168 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: San’at Devonov, aktyor, vafot etdi, 84 yosh
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Sanobar Joylari jannatda bölsin...
Like | 0
{PRINSSESA} ILOHIM JOYLARI JANNATDA BOLSIIN <_<
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное