Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda 1 noyabrda qor yog‘ishi mumkin

27 oktabr-1 noyabr kunlari O‘zbekistonda havo o‘zgarib, ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Gidrometeorologia xizmati markazi xabar qildi.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Horazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 29 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 30 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
31 oktabr-1 noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktyabr-1 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 29-30 oktyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi, 31 oktyabr-1 noyabrda kechasi 0-5° sovuqgacha, kunduzi 0-5° iliqgacha asta-sekin pasayadi.
Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, 29-30 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 31 oktabr-1 noyabrda yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli (yomg‘ir, 1 noyabrda ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktyabr-1 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Harorat kechasi 29-30 oktyabrda 7-12° iliq, 31 oktyabr-1 noyabrda 3-8° iliq, kunduzi 29 oktyabrda 20-25° iliq bo‘ladi, 30 oktyabr-1 noyabrda 5-10° iliqgacha asta-sekin pasayadi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari havo o‘zgarib tursada 29-30 oktyabrda yog‘ingarchiliklar kutilmaydi, 31 oktabr-1 noyabrda esa yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli (yomg‘ir, 1 noyabrda qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktyabr-1 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 29-30 oktyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 31 oktyabr-1 noyabrda kechasi 3-8° iliq bo‘ladi, kunduzi 5-10° iliqgacha pasayadi.
Mamlakatimiz janubi – Surxondaryo viloyatida ham havo o‘zgarib turadi, 29-31 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 1 noyabrda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktabr-1 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 29-31 oktyabrda 8-13° iliq, 1 noyabrda 5-10° iliq, kunduzi 29-30 oktyabrda 22-27° iliq bo‘ladi, 31 oktyabr-1 noyabrda 8-13° iliqgacha asta-sekin pasayadi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari aholisi havoning o‘zgarib turishiga guvoh bo‘lishadi. 29-31 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 1 noyabrda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 29-31 oktyabrda 17-22° iliq, 1 noyabrda 10-15° iliq bo‘ladi
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 29-30 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 31 oktabr-1 noyabrda yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktyabr-1 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 29-30 oktyabrda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi, 31 oktabr-1 noyabrda kechasi 0-5° sovuqgacha, kunduzi 0-5° iliqgacha pasayadi


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7787 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qor, 1 noyabr, mumkin, O‘zbekiston, yog‘ishi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Surqashqir Qiw bowlandi uje
Like | 0
Dilso'z пишет: | 27.10.2015 | 21:38 #1 Страница с комментарием
omina1710 Y
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное