Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Qirolicha - Stakan Version
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Merlin-Soundtreck
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
Главная » Файлы » AVTO OLAM

O‘zbekistonda Chevrolet Aveo avtomobilini ishlab chiqarish boshlanadi

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi vakillari General Motors Uzbekistan O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasida yangi T250 (Chevrolet Aveo) modelidagi avtomobillarni seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga oshirishga kirishdi, deya xabar bermoqda 12news.uz.
Hukumat qarori bilan loyihani amalga oshirish ishlari dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarsiz boshlanadi, texnologik qurilma va jihozlar esa tender savdolari o‘tkazmasdan, General Motors kompaniyasining savdo-sotiq global tizimi orqali shartnoma tuzish yo‘li bilan sotib olinadi.
Hujjat “O‘zavtosanoat” AKga ikki oy muddatda loyihaning texnik-iqtisodiy asosini hukumatga tasdiqlash uchun taqdim etish vazifasini yuklaydi.
Nashrning eslatishicha, 2013-yil noyabrida GM Uzbekistan Daewoo Gentra, 2014-yil martida esa Chevrolet Orlando ishlab chiqarishga kirishdi. Yaqin ikki yil ichida Nexia avtomashinasini ham butunlay yangilash rejalashtirilmoqda.
GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi 2014-yilning birinchi yarmida 127 774 ta avtomobil ishlab chiqardi, bu 2013-yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 6,3 foizga ko‘p demakdir. O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, olti oy ichida 29 699 ta Nexia, 7267 ta Matiz, 9702 ta Damas, 337 ta Lacetti, 14 828 ta Spark, 3476 ta Captiva, 2309 ta Malibu, 32 639 ta Cobalt, 26 953 ta Gentra va 563 ta Orlando modelidagi avtomobillar ishlab chiqarilgan.


Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 10024 | Комментарии: 7 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Chevrolet Aveo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 7
shuxrat Нексия шевралетни 1.6 давлат нархи канча шуни аниклаб беринглар илтимос
Like | 0
boyvo44abola urraaa mana shunaqa odamni xursan qiladigan yengilila bosa kayfiyat kotariladi. omad malades kutamiz buyog'ini "Chevralet Aveo"
Like | 0
__ShaX__ Xamma mashinalani korinishidan olinurarkande. Butunlay yangi idea o'ylab topishsa bu fantastika bolardi :-D
Like | 0
LioN_KinG Vaaay juda ajoyib "Ózavtosanoat"komponyosiga kattada katta omadlar tilab qolamiz olğa Uzbekistan!
Like | 0
jahongir1491 narxi qanday ekan a.
Like | 0
Mikki Xa yaxwida ...
Like | 0
CCCR Zo'r ko'rinishi...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное