Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda eng yuqori necha ballik zilzila bo‘lishi mumkin?


O‘zbekistonda uch-to‘rt kun ketma-ket bir necha marotaba zilzila sodir bo‘lgani sezildi. Bu odamlarda vahima uyg‘otdi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda har xil shov-shuv ko‘tarildi. Ular orasida «Kuchli zilzilalar oldidan shunday tez-tez yer silkinishlari bo‘ladi», «Bu bekorga emas, yuqori balli zilzilaga ishora», qabilida fikr bildiruvchilar ham yo‘q emas. Xo‘sh, bu gaplarda qanchalik haqiqat, asos bor? Qisqa muddatda ketma-ket yuz bergan yer silkinishlarining xavfi qay darajada?
“Oila davrasida” nashri muxbiri ushbu savollarga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining seysmogeodinamika laboratoriyasi mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi Ulfat Nurmatovga murojaat qildi, debyozmoqda «Kun.uz».
— Markaziy Osiyo hududida zilzilalar doim bo‘lib turadi, — deydi Ulfat Nurmatov. — Chunki mintaqamizda zilzila o‘choqlari mavjudligi aniqlangan. Ular ma’lum bir davrlarda faollashib turadi. Hududimizda bo‘layotgan tektonik harakatlar tufayli har hafta o‘rtacha 10-15 marta kuchsiz yer silkinishlari yuz beradi. Bu odatiy hol. Ya’ni, zilzilalar davriylik kasb etadi.
Markaziy Osiyo hududida Tojikiston, Qirg‘iziston hududlari, asosan, Pomir va Tyan-Shan tog‘lari tutashgan, tektonik plitalar to‘qnashgan joylarda zilzila kuchi yuqoriroq bo‘ladi. O‘zbekistonda esa Rixter shkalasi bo‘yicha 6,5 ballgacha zilzilalar sodir bo‘lishi mumkin. Chunki kuchi undan yuqori yer silkinishlari yuz berishi uchun tabiiy sharoit mavjud emas.
 


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3336 | Рейтинг: 0| Рейтинг: zilzila
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное