Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

O‘zbekistonda internet narxlari 15—80 foizga arzonlashdi

O‘zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi saytida O‘zbekistonda internet xizmatlari tarifi va bozori tahlili e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2013-yilda xalqaro internet tarmoqlariga ulanishning umumiy tezligi 1,3 barobarga oshgan va bugungi kunda daqiqasiga 10 Gigabitdan oshiq ma’lumot olish imkoni mavjud. "O‘zbektelekom” AKda mazkur tashqi internet kanallariga chiqish tezligini to‘rt martaga oshirish bo‘yicha texnik imkoniyatlar bor. 2011-yil bilan taqqoslaganda, internet tarmog‘iga ulanishning texnik imkoniyati 16 barobar, 2012-yilgiga nisbatan 2,12 martaga oshgan.

So‘nggi uch yilda "O‘zbektelekom” AK tegishli davlat organlari bilan kelishgan holda xalqaro internet kanallari uchun operator va provayderlar tomonidan to‘lanadigan ijara tariflarini 2,5 barobarga kamaytirdi. Natijada mamlakatdagi internet provayderlari jismoniy shaxslar uchun internet xizmatlari tariflarini 15 foizdan 80 foizgacha arzonlashtirgan. Milliy opreator eng kam abonent to‘lovlari asosida tashqi trafikka ulanish imkonini beruvchi tarif rejalari joriy qilgan (jismoniy shaxslar uchun tarif narxlari bugungacha o‘rtacha 47 foizga arzonlashtirilgan).

Yuqori tezlikdagi simli internet xizmatlarini ko‘rsatayotgan provayderlar abonentlariga Tas-IX – Uznet tarmoqlari doirasida ma’lumotlar almashish bo‘yicha xizmatni bepul taqdim etmoqdalar. O‘tgan yili bu tarmoqda trafik almashish tezligi daqiqasiga 10 Gbitga yetkazildi. 2012 yil bilan solishtirganda, tezlik ikki barobarga oshgan. 2014-yilda ham Tas-IX tarmog‘ini tubdan modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.

Joriy yilning 10 yanvarida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida yurtimizdagi operator va internet provayderlari mas’ullari ishtirokida tashkil etilgan yig‘ilishda ham internet xizmatlari uchun narxlarni arzonlashtirish masalasi muhokama qilingan edi. Unda Qo‘mita tizimidagi tegishli tashkilotlarga aholiga ko‘rsatilayotgan internet xizmatlari sifati va ko‘lamini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar bo‘yicha tavsiyalar berildi.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 5420 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Internet
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное