Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. TisMarHan-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

14 yoshli amerikalik qiz internetni haqoratlardan tozalash yo‘lini topdi

Chikagolik maktab o‘quvchisi Trisha Prabxu internetni o‘smirlar qoldirayotgan haqoratomuz xabar va izohlar (trolling)dan tozalash yo‘lini topdi. O‘zining mazkur loyihasi bilan 14 yoshli Trisha Google Science Fair ilmiy tanlovining finaliga chiqdi. Bu haqda Hitech.vesti.ru xabar bermoqda.
Trisha Prabxu haqorat yozayotgan foydalanuvchiga izohni tarmoqqa joylashdan avval yana bir bor o‘ylab ko‘rishni taklif qiladigan Rethink (“Qayta fikrla”) tizimini ishlab chiqdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bosh miyaning hissiyotlarga mas’ul bo‘lgan prefrontal qobig‘i rivojlanishining o‘ziga xos kechishi bois o‘smirlar o‘ta ta’sirchan bo‘ladi (qobiq 25 yoshdagina to‘liq rivojlanib bo‘ladi). Agar ichki hissiyotlar biroz so‘ndirilib, muallifga o‘ylab ko‘rish taklifi bildirilsa, haqorat internetga joylanmasligi mumkin. Rethink tizimi tekshirilganda, u tahqirlab yozilgan xabarlarning 93,43 foizi tarmoqqa kiritilishidan saqlab qoldi.
Trishaning dasturini ijtimoiy tarmoqlar va saytlardagi izohlar bo‘limida qo‘llash mumkin. Rethink internetni yoqimli va tinch makonga aylantira oladi, deyiladi xabarda.
Trisha Prabxu Google Science Fair ilmiy tanlovi finalining 18 nafar ishtirokchilaridan biriga aylandi. Tanlov natijalari sentabr oyida e’lon qilinadi. Agar Google Trishaning loyihasini g‘olib deb topsa, uni moliyalashtirish uchun 50 ming dollar miqdorida mablag‘ ajratiladi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 18670 | Комментарии: 12 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Internet, amerika, Qiz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 12
malikaxan H
Like | 0
malikaxan Qoyil
Like | 0
8475242 Браво!
Like | 0
Majnun111 Zo'r iw qipti lekin
Like | 0
guli101192 Mana senga kala tola aql buni kala desa boladi
Like | 0
Mansouri_97 Ha omadini bersin. Kegn +18 larni yoq qilishni yo'lini topishsa yaxshi bo'lardi google dan birornima qidirib poisk bersaiz yaxshi yaxshi ma'lumotga ega bo'lgan saytlarga ko'ziz tushadi. Ammo saytni ichiga kirsaiz hamasi ero foto ili video yoki shunga o'xshash narsalar. Shularga ham chora topishsa yaxshi bo'lardi
Like | 0
samiya Qoyil.Ollox hammaga barobar aql bergan. Ösha aqldan tögri foydalanilsa hammaning ham qölidan keladi bu ish.
Like | 0
iroda2643 daxshat!!! qoyil ....lekin
Like | 0
belleyroza Бу хаккер буса керак
Like | 0
998942164933 gap yoq maladest
Like | 0
ClUbNiK Molodest. Gap yo'q
Like | 0
boyvo44abola xooo zo'rkuu 14 yoshli qiz qoyil e
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное