Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » ISLOM VA DIN HAQIDA

O‘zbekistonda Ramazon oyi 18-iyunda boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qaror matni O‘zA saytida keltirildi.
Hujjatda 2015-yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 18-iyun kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinishi aytiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon oyini joylarda milliy an’ana va qadriyatlar, urf-odatlarimizga mos va hamohang tarzda o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish yuklatildi.
Ushbu qutlug‘ oyda ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oila va mahallalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, yoshi ulug‘ insonlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning tabarruk qadamjolari va ziyoratgohlarini obodonlashtirish bo‘yicha olib boriladigan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat beriladi.


Manba:daryo.uz
Категория: ISLOM VA DIN HAQIDA
Просмотров: 5865 | Комментарии: 11 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Ramazon oyi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 11
аватар отсутствует Hammaga ramazon oyi muborak
Like | 0
Nigow771 Barchangizga Ramozon oyi muborak bo'lsin Alloh barchamizga sabir bersin
Like | 0
navruz199 Muborak bolsin Ramazon oyi
Like | 0
podsnejnik Dosla ramazon mubore bosin! Kim roza tutmoqchi bosa xudo kuch quvvat sabr bersin, qani hammma savob uchun olg'aaa___________!
Like | 0
asaka hammaga sabir toqat tileman
Like | 0
samiya Barchalega Ramazon oyi muborak bo'lsin. Shu kunlaga etkazgani uchun Olloxim ga xamd sanolar bo'lsinnn
Like | 0
5188983 Barchangizga Ramazon oyi muborak bo'lsin
Like | 0
azamat565 Xammaga Ramazon oyi muborak bolsin!!!
Like | 0
{PRINSSESA} Ramazon oyi muborak aziz yurtdowlar va saytdowlar.
Like | 0
Dragones Barchangizga Ramozon oyi mubborak bölsin.
Like | 0
realmiz Hammani kirib kelayotgan muborak Ramazon oyi bilan tabriklayman
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное