Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda sabzi narxi rekord darajaga ko‘tarildi
2022-yil bahorida O‘zbekiston poytaxtidagi ulgurji bozorlarda yangi hosil sabzisining birinchi yirik partiyalari mart oyining 20-sanalarida, 2021-yilda esa ushbu mahsulotning ilk ulgurji partiyalari taxminan mart oyi o‘rtalaridan boshlab bozorga chiqqan edi.
Biroq o‘tgan hafta oxiriga kelib ham, poytaxtning ulgurji bozorlarida yangi hosilning yirik partiyalari chiqmadi, ya’ni mazkur turdagi sabzavotning yirik partiyasi bozorga kirib kelishi ancha kechikmoqda. 

Ayni paytda o‘tgan yilgi hosil sabzisining narxi ketma-ket uchinchi hafta ko‘tarilmoqda. Bu davrda ulgurji narxlar 1,5 barobar oshib, rekord darajaga yetdi.

EastFruit’ning narxlar monitoringiga ko‘ra, 2023-yil 17-martdan 7-aprelga qadar O‘zbekistonda o‘tgan yilgi hosil sabzisining o‘rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 4 000 dan 6 000 so‘mgacha, ya’ni, uch haftada roppa-rosa 50 foizga oshgan.

2023-yil 7-aprel holatiga ko‘ra, ushbu mahsulotning o‘rtacha ulgurji narxi 2022—2021-yillarning aprel-may oylarida qayd etilgan maksimal darajadan 20 foiz yuqori bo‘ldi. 

So‘nggi bir necha yil ichida o‘tgan yilgi hosil sabzisining ulgurji narxlaridagi avvalgi mutlaq rekord 2021-yil iyun oyining birinchi o‘n kunligi oxirida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda ushbu mahsulotning o‘rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 5 200 so‘mni tashkil qilgandi. 

Biroq, 2021-yil aprel oyida O‘zbekistonda sabzi narxi keskin oshishi va shu yilning may-iyun oylarida rekord darajada bo‘lishiga asosiy sabab ushbu sabzavotning asosiy eksport yo‘nalishi bo‘lmish Rossiya bozorida mazkur mahsulot narxlarining anomal dinamikasi bo‘lgan.

2021-yildan farqli o‘laroq, joriy yil mart oyining ikkinchi yarmi va aprel oyining birinchi o‘n kunligida O‘zbekistonda o‘tgan yilgi hosil sabzisi narxining keskin oshishiga tashqi bozorlar omili asosiy sabab emas. 

Dastlabki statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yil mart oyi o‘rtalaridan aprel oyining birinchi o‘n kunligi oxirigacha O‘zbekistonda sarxil sabzi eksporti hajmi 3,3 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yilning shu davrida mamlakatdan 2,6 barobar ko‘p, 2021-yilning shu davrida esa deyarli 3 barobar ko‘p sabzi eksport qilingan.

Shunday qilib, so‘nggi bir necha hafta ichida narxlarning bunday o‘sishiga tashqi bozorlar ta’siri asosiy omil bo‘lmadi va bunday dinamika, asosan, ichki bozordagi talab va taklif nisbati bilan shakllandi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda qish faslida kuzatilgan anomal sovuq ham boshqa bir qancha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kabi sabzi hosilining ham kechikishiga sabab bo‘lmoqda.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2053 | Рейтинг: 0| Рейтинг: darajaga, Rekord, narxi, ko‘tarildi, sabzi, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное