Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda piyozning narxi keskin tushib ketdi
O‘zbekistonda yangi va o‘tgan yilgi piyoz turining narxi pasayib ketdi. Bu haqda “East Fruit” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 14 aprelidan 21 apreligacha bo‘lgan muddatda  piyozning yangi hosilining o‘rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 8000 so‘mdan 4000 so‘mga tushgan. Shuningdek, o‘tgan yili yetishtirilgan piyozning ulgurji narxi ham arzonlashgan. Buning sababi O‘zbekiston ichki bozoriga yangi ekin piyozi yetkazib berishning keskin oshganidir. Mutaxassislarning fikricha, bu o‘tgan yilgi piyoz narxiga bosim o‘tkazmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili xuddi shu davrda ushbu mahsulotlarning o‘rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 6000 so‘mdan 5000 so‘mga pasaygan.

Eslatib o‘tamiz, Davlat statistika agentligiga ko‘ra, O‘zbekistonda joriy yilning 18 yanvar holatiga, 1 kg piyoz narxi 10 000 so‘mgacha chiqqan edi. Bunga yil boshida kuzatilgan anomal sovuq sabab bo‘lgan edi. Kattiq sovuq piyoz mahsulotining holatiga ta’sir ko‘rsatib, uni muzlatib ko‘ygan edi. Buning ortidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2023 yil 1 yanvardan boshlab, O‘zbekistonda 4 oyga piyoz eksportiga vaqtincha cheklov joriy etgan edi. Ammo mart oyi o‘rtasiga kelib piyoz eksportiga qo‘yilgan cheklov bekor qilingan edi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 859 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tushib, piyozning, KETDI, Keskin, O‘zbekiston, narxi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное