Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aida Yunusova vafot etdi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aida Yunusova 72 yoshda vafot etdi. Bu haqda “O‘zbekkino” matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Aida Yunusova 1948-yilda Farg‘onaning Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 1970-yili teatr va rassomchilik institutining drama teatri va kino fakultetini tamomlagan. Talabaligining oxirgi kursida rejissorlar e’tiboriga tushib, kinoga taklif qilingan.

Aktrisa uzoq vaqt davomida turli rollar ijro etgan. Jumladan, “Ajoyib xayolparast”, “Chinor ostidagi duel”, “Olovli yo‘llar”, “Oltin kuz”, “Mehrigiyo”, “Zulmatni tark etib”, “Karvon”, “Anor”, “Birinchi yo‘lovchilar” kartinalarida qatnashdi.

Aktrisa sifatida 1989-yilgacha “O‘zbekfilm”da faoliyat ko‘rsatdi. Shundan so‘ng kinoni tark etdi. Ma’lum tanaffusdan so‘ng yana kinoga qaytdi va ekranda ko‘rina boshladi. Aida Yunusova og‘ir xastalikni boshdan kechirgandi.

O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasidan ma’lum qilishlaricha, aktrisaning janozasi 22-yanvar kuni peshinda bo‘lib o‘tadi.



Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4845 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Aida Yunusova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan art, vafot etdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное