Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

O‘zbekistondan Telegram’ga kuniga 3000 yangi a’zo qo‘shilmoqda

"VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i va Telegram loyihasi asosichisi Pavel Durov 2014-yilning 25 va 26-yanvarida Telegram’da qayddan o‘tgan a’zolar soni haqidagi statistikani Roem.ru saytiga taqdim etdi. Aniqlanishicha, so‘nggi kunlarda Telegram’ga butun dunyodan kuniga 100 mingga yaqin yangi a’zo qo‘shilyapti.


Keltirilgan statistikaga ko‘ra, bur sutkada 3000 ga yaqin o‘zbekistonlik Telegram’ga a’zo bo‘lmoqda. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston 8—9-o‘rinlarni egallab turibdi.

Pavel Durovning so‘zlariga qaraganda, messenjer hech qayerda reklama qilinmaydi, Telegram’ni foydalanuvchilarning o‘zlari ijtimoiy tarmoqlar orqali yaqinlariga tavsiya etishadi. Misol uchun, Twitter orqali Ispaniyada bu messenjerni tavsiya etishlar holatini ko‘rish mumkin.

Yana statistikaga murojaat etadigan bo‘lsak, Telegram’dan kuniga bir milliondan ortiq kishi foydalanadi.

Ma’lum qilinishicha, messenjerni ko‘chirib olishlarning 80 foizi Android tizimidagi qurilmalarga to‘g‘ri keladi. Foydalanuvchilarning aksariyati arab mamlakatlari: Saudiya Arabistoni, Ummon, Bahrayn, Livan kabilardandir. Yevropadan esa faqat Ispaniya faolroq, Rossiya bo‘lsa reytingda 7—9-o‘rinlarda – Telegram a’zolarining atigi 4 foizi u yerdan kiradi.

Hozirda Google Play ma’lumotiga ko‘ra, Telegram’ning ikkita eng ommabop versiyasi 500 000—1 000 000 000 hamda 100 000—500 000 marta o‘rnatilgan. Ammo Pavel Durov bu ko‘rsatkichlar eskirganini, messenjerni o‘rnatishlar soni allaqachon milliondan oshib ketganini ta’kidlaydi.

Google Play do‘koni ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olinayotgan dasturlar ichida Telegram 4-o‘rinni, WhatsApp esa 1-o‘rinni egallab turibdi.

WhatsApp messenjeri foydalanuvchilari sonini esa Google Play 100—500 million nafar, deb ko‘rsatmoqda. WhatsApp tarqatgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ushbu messenjerdan foydalanuvchilar soni 400 millionga yetgan.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3032 | Рейтинг: 0| Рейтинг: telegram
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное