Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » ISLOM VA DIN HAQIDA

O‘zbekistonlik hojilarning ilk guruhlari Makkadan qaytib kela boshladi

27 sentabr kuni kechqurun Toshkent shahrida Muborak Haj safaridan qaytayotgan 255 nafar ziyoratchilardan iborat dastlabki guruh kutib olindi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bergan.
Joriy yilning 27 sentabr 8 oktabr kunlari o‘zbekistonlik hojilarni “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi samolyotlarida Jidda-Toshkent, Jidda-Buxoro, Jidda-Farg‘ona, Jidda-Andijon, Jidda-Samarqand, Jidda-Termiz, Jidda-Qarshi hamda Jidda-Urganch yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekistonga olib kelish rejalashtirilgan.
Kutib olish ishlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, mutasaddi vazirlik va idoralar hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Bugun, 28 sentabr kuni 2 reys orqali Jidda–Toshkent va Jidda–Namangan yo‘nalishlari bo‘yicha uchib keladigan o‘zbekistonlik ziyoratchilarning navbatdagi guruhlarini kutib olish rejalashtirilgan.
O‘zbekistonlik hojilarvatanga ko‘tarinki kayfiyatda qaytar ekanlar, o‘z xursandchiliklari bilan o‘rtoqlashishdi.
Jumladan, toshkentlik 75 yoshli ziyoratchi Ishmuxamedova Muyassar shunday deydi: "Biz yaratganga shukr aytishimiz kerak. Obod va ozod yurt – O‘zbekistondan Madina, Makka shaharlariga borib, sog‘-salomat haj amallarini bajarib qaytdik".
"Toshkentdan jo‘nab ketganimizdan beri, mana hozirda ham hurmat, e’zoz, turli qulayliklar guvohi bo‘lib turibmiz. Ishchi guruhi, shifokorlar tomonidan bizga ko‘rsatilgan xizmatlar, oshpazlar tayyorlab bergan mazali taomlar, mehmonxona sharoitlari va boshqa barcha xizmatlar uchun yurtboshimiz boshchiligida barcha mutasaddilarga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Biz yurtimiz tinchligi, obod va farovonligini tilab, barcha qadamjo, masjidlar va Arafotda turib duolar qildik. Bu yilgi Haj ba’zi davlat hojilari uchun mashaqqatli kechdi, ba’zilari talofat ko‘rdilar. O‘zbekistonlik hojilar ishchi guruhi, ellikboshilarning ko‘rsatmalariga rioya qilganimiz uchun ham tinch va omonlikda amallarni bajarishga muvaffaq bo‘ldik.
Bunday uyushqoqlik bilan tashkil qilingan ish, diqqat va e’tibor ko‘rsatayotgan Prezidentimizdan to barcha mutasaddilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildiramiz", deydi u.
Shuningdek, toshkentlik ziyoratchi Xabibov Xalil ham o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bunday tartib bilan tashkil etilgan ziyorat uchun barcha mas’ullarga rahmat deymiz. Barcha amallarimiz tartib va osonlik bilan bajarildi. Ishchi guruhning joylardagi harakatlari, guruhboshilarning ibodatlarimizga bergan ahamiyatlari, shifokorlarning ko‘maklari, oshpazlar tayyorlagan taomlar, hammasi o‘z joy va paytida bo‘ldi.
Biz murojaat qilganimizda, ular o‘sha zahoti labbay deya javob berishardi. Bunday tartib, bunday intizom, xizmat ko‘rsatgan barcha xodimlar biz ziyoratchilarga birdek e’tibor berishlari, Toshkentdan ketib to qaytib kelgunimizgacha bo‘lgan barcha sharoit hamda o‘rnatilgan tartib, diqqat va e’tibor uchun avvalo, yurtboshimiz, qolaversa hukumatimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Yurtimiz tinch va obod bo‘lsin deya qo‘llarimiz doim duoda", deydi hoji.


Manba:kun.uz
Категория: ISLOM VA DIN HAQIDA
Просмотров: 3635 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Makka, O‘zbekistonlik hojilar, ilk guruhlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
begim4155 Ollohim bizga xam nasib ayla. Xavas qildim borib keganlarga .
Like | 0
998903419696 Olloxim o'zing xaj ziyoratidan qaytgan buvi va bobolarimizni ziyoratini qabul qilgin!
Like | 0
Dilso'z пишет: | 28.09.2015 | 22:04 #1 Страница с комментарием
omina1710 Ilohim ziyoratlari qabul bo'lsin,ota-onalarimizga ham ulug' joyga borish nasib etsin, kelajakda o'zimizga ham
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное