Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

O‘zbekistonlik yigit Nyu-Yorkda o‘z onasining qotiliga aylandi




AQShning Nyu-York shtatida istiqomat qilib kelgan, asli o‘zbekistonlik yigit o‘z onasining qotiliga aylandi, deya xabar bermoqda “Nydailynews.com” sayti. 
 
O‘tgan shanba kuni Nyu-York politsiyasi Kuins tumanidagi ko‘llardan birida o‘z o‘g‘li tomonidan o‘ldirilgan 58 yoshli ayol jasadini topdi.
 
Deyarli 30 soat davom etgan qidiruv ishlari natijasida g‘avvoslar marhumaning jasadini Willow ko‘lidan topib chiqdi.  Jasad o‘g‘ilning sumkasiga joylashtirilgan edi.
 
Roman Gorbunov qotillik va onasining jasadini berkitishda ayblanmoqda. Shanba kuni Gorbunovni 112-politsiya uchastkasiga olib ketildi.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, qotil onasi bilan tez-tez ziddiyatga borib turgan. 27 sentabr kuni shunga o‘xshash ziddiyatlarning birida onasi unga sanchqi o‘qtaladi. Shundan so‘ng u onasining boshiga likopcha bilan zarba bergan va onasini o‘lgunicha tayoq bilan urgan.
 
Keyin jasadni o‘z sumkasiga joylashtirgan, taksi chaqirgan va qopni ko‘lga borib uloqtirgan. Keyinchalik, taksi haydovchisi politsiyaga katta xajmdagi sumkasi bor shubhali shaxsni ko‘lga eltib qo‘ygani haqida habar beragan.
 
Gumonlanuvchi Roman Gorbunov iyun oyida  onlayn tarzida maxsus qoplarni sotib olgan. Balki o‘z onasining qotili bu ishlarni oldindan rejalashtirgan bo‘lishi ham mumkin.
 
Ayblanuvchi o‘zi istiqomat qiladigan ko‘p qavatli uyning qoravulxonasidan kuzatuv kamerasi tasvirini ko‘rsatib turuvchi ekranni o‘g‘irlayotgan vaqtda qo‘lga tushdi.
 
Ma’lumotlarga qaraganda, oldin Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanida istiqomat qilgan Gorbunovlar oilasi 2010 yilda Grin Kard orqali AQShga borgan.
 


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 7790 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o'zbekistonlik, Nyu-York
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное