Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonliklar mart oyida 12 kun dam oladi


O‘zbekistonliklar Navro‘z bayrami arafasida 5 kun, mart oyida esa jami 12 kun dam oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Navro‘z bayrami arafasida yurtdoshlarimiz 18, 19, 20, 21, 22 mart kunlari dam oladi, deb yozadi O‘zA.

Prezidentning mazkur farmoni bilan qo‘shimcha dam olish kunlari berilgan va ba’zi dam olish kunlari ko‘chirilgan edi. Ya’ni, 20 mart qo‘shimcha dam olish kuni sifatida berilib, 17 mart (shanba) 19 mart (dushanba)ga, 24 mart (shanba) 22 mart (payshanba)ga ko‘chirilgan edi.

Dam olish kunlarining berilishida fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish va bayram kunlaridan oqilona foydalanish, shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsad qilingan.

Shunga muvofiq yurtdoshlarimiz 8 Mart bayramini ham hisobga olganda 12 kun dam oladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu farmoni bilan mamlakatimiz fuqarolari Yangi yilda 5 kun dam olgan bo‘lsa, Mustaqillik bayrami munosabati bilan ham shunday dam olishlar guvohi bo‘lishadi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 11216 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Mart, dam olish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
usta2770612 Javobingizni kutyabmiz
Like | 0
Azamat4342 8 mart bayramida qaysi kunla dam boladi
Like | 0
usta2770612 Assalomu alaykum biz bandlik va mexnat vazirligi qoshidagi Koica uquv markazida uqimiz ..bu farm on bizning uquv markazimizga xam taluqlimi shunga izox bersangiz iltimos
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное