Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Rasman: O‘zbekistonliklar Yangi yilda ketma-ket besh kun dam oladi


Farmonga muvofiq, 2018-yilda Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik kuni davlat bayramlariga to‘g‘ri kelgan qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar qonunchilikda belgilanmoqda, shuningdek, ayrim dam olish kunlarini ushbu bayram sanalariga yaqin bo‘lgan ish kunlariga ko‘chirilishi amalga oshirilmoqda.

Natijada 2018-yilda bayram kunlarida uzluksiz dam olish davomiyligi qo‘shimcha ishlamaydigan kunlarni belgilash va ayrim dam olish kunlarni ko‘chirish orqali ta’minlanadi:

Yangi yil bayramida — 5 kalendar kuni (2017-yilning 30 va 31-dekabrlari — taqvim bo‘yicha dam olish kunlari, 2018-yilning 1-yanvari — bayram munosabati bilan dam olish kuni, 2018-yilning 2-yanvari — qo‘shimcha dam olish kuni, 2018-yilning 3-yanvari — 6-yanvardan ko‘chirilgan dam olish kuni).
 

Shu tariqa, rasman 30, 31 dekabr, 1, 2, 3 yanvar kunlari dam olish kunlari bo‘ladi. Ya’ni, o‘zbekistonliklar yangi yilda qatorasiga 5 kun dam olishadi.

4, 5, 6 yanvar (shanba) kunlari esa ish kuni bo‘ladi.

 

Navo‘z bayramida — 5 kalendar kuni (2018-yil 18-mart — taqvim bo‘yicha dam olish kuni, 19-mart — 17-martdan ko‘chirilgan dam olish kuni, 20-mart — qo‘shimcha dam olish kuni, 21-mart — bayram munosabati bilan dam olish kuni, 22-mart — 24-martdan ko‘chirilgan dam olish kuni);

Mustaqillik kuni bayramida — 5 kalendar kuni (2018-yil 31-avgust — qo‘shimcha dam olish kuni, 1-sentabr — bayram munosabati bilan dam olish kuni, 2-sentabr — taqvim bo‘yicha dam olish kuni, 3-sentabr — 15-sentabr, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni, 4-sentabr — 8-sentabrdan ko‘chirilgan dam olish kuni).

Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik kuni bayram kunlariga qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanishi mehnat ta’tili davomiyligi uch ish kuniga qisqartirilishi hisobiga qoplanishi ko‘zda tutilmoqda.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6806 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yangi yil
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное