Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirolicha - Stakan Version
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Tanho malagim - Soundtreck
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Pazanda - Sad Love
. Ishq Jodusi - All I want
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“O‘zbekkonsert” Kanizaga litsenziya berishni rad etdi
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonanda Kaniza (Shahrizoda Ahmedova) litsenziya so‘rab qilgan murojaatini rad etdi. Boisi u artistning odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlar qilishda davom etmoqda. Bu haqda muassasa bergan bayonotda so‘z borgan. 

“So‘nggi vaqtlarda xonanda Kaniza(Shahrizoda Ahmedova)ning ijtimoiy tarmoqlar orqali konsert-tomosha sohasida artistning odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlar qilishi hamda tomoshabinlarning his-tuyg‘ularini haqorat qiluvchi, axloqsizlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi roliklar joylashtirayotganligi muxlislarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.  

Shu munosabat bilan xonandaning 2023 yil 17 fevral kuni litsenziya uchun berilgan arizasi Badiiy kengashda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan 2023 yil 23 fevral kuni litsenziya berish rad etildi”, deyiladi xabarda.  

Qayd etilishicha, xonandaga muxlislar bilan bahs-munozaralarga chek qo‘yish hamda e’tirozlarga sabab bo‘layotgan videoroliklarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslik, san’atkor odobiga rioya qilishi yuzasidan bir oy muhlat berilgan.  

“Agarda belgilangan muddat ichida ushbu kamchiliklar bartaraf etilmasa, uning konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan litsenziyasi butunlay to‘xtalishi ma’lum qilinadi”, deyilgan xabarda. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 1471 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: etdi, Kaniza, berishni, O‘ZBEKKONSERT, litsenziya, rad
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное