Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Qirolicha - Stakan Version
. Titanik-soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Tanho malagim - Soundtreck
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Soundtreck-Великолепный Век
. Ishq Jodusi - All I want
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“O‘zbeknavo”: Jonli kuylamaganga litsenziya yo‘q!

Bundan keyin qo‘shiqni jonli ijro eta olmaydigan xonandalar “O‘zbeknavo” estrada birlashmasidan litsenziya olmasligi mumkin. Bu haqda birlashma AKT va matbuot xizmati bosh mutaxassisi Azizbek Turdiyev bayonot berdi, deb xabar qiladi “Kun.uz”.
“Yaqinda ma’naviyat kengashi darslariga kelmagan, biroz nopisand munosabatda bo‘layotgan san’atkorlardan uch nafarining litsenziyasini muddatdan oldin amal qilishini to‘xtatdik. 10 nafar san’atkorga qattiq ogohlantirish berdik, – deb uning so‘zlarini keltiradi “Darakchi” gazetasi. – Bundan avval litsenziya diskda yozilgan qo‘shiqlarni eshitib, ammo xonandaning o‘zini ko‘rmasdan turib berilavergan. Endi bunday tartiblarga chek qo‘yiladi.
Yangi tartibga ko‘ra, qo‘shiq aytish uchun ruxsatnoma olmoqchi bo‘lgan kishi kelib birlashmaga murojaat qiladi. Komissiya a’zolariga qo‘shiqni jonli aytib beradi. Ustozlar ijodidan jonli ijro qilib bergach, litsenziya olishi mumkin. Endilikda konsert taqdim etish uchun yiliga bir marta beriladigan litsenziya uchun ham alohida talab qo‘yiladi: kamida 60 foiz jonli ijro qila olsagina, litsenziya beriladi. Endi 100 foiz fonogramma bilan muxlislarni aldashga yo‘l qo‘yilmaydi”.
Eslatib o‘tamiz, 14-iyulda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Lolaning litsenziyasini bekor qildi. Undan oldinroq esa Anvar Sobirov, Tamila, Yagonaning litsenziyasi to‘xtatilib, 11 xonandaga ogohlantirish berilgandi.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6975 | Комментарии: 12 | Рейтинг: 0| Рейтинг: litsenziya, O‘zbeknavo, Jonli kuylamagan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 12
saboxat95 Qiziq buyogi qanaqa bölarkin Fanagirammamas özini ashulasini etsin
Yengi ashula chiqipti dp eshitib körsek musiqasi yo xindcha yo turklani ashulasidan olingan böladi Yoki wuundo tarjima qib mani ashulam dip etvurishadi tovba
Like | 0
nurik7717 Unda uzbekistonda qushiqchila qomediku
Like | 0
Nilu88 Rassayam xursan bo'ldim sifatli mp3 la cqaradi endi o'zi ko'pcili artislani litsenziyasini ob qo'yiwi keregidi
Like | 0
shirin20 Bemaza qovunni urug'ide ko'payib ketudi bu "awulacila" na konecta ulaniyam dumini tugib haqiqiy ijodkorlagini qoladi dgan umiddaman
Like | 0
2336278 Juda yahwi bölardi.
Siyqasi chiqgan qowiqlar jonga tegodi özi
Like | 0
nurik7717 Unda UZBda qushiqchila qomediku
Like | 0
snejinka Boplabti zor iw bopti ana endi norm xonandala qoladi ular saralaniwadi, ozginayu sozgina boladi, ozi har kim artist bop ketganidi zor qarorga keliwibti
Like | 0
Xursandbek95 Bo'magan gap hozir hammasi pull
Like | 0
Princess_9777 Zo'r bo'pti!
Like | 0
Muslima979797 :'( ummon litsenziasni ommasn ishqilib
Like | 0
qaqush223 E endi san'atkorlar soni keskin,qo'shiqlar esa juda keskin kamayadi, kayfni beliga tepdida bu qonunchlar
Like | 0
@Kamilla@ Qani hamma jonli kuylasa
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное