Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

O‘zi ketar yor-yor, o‘zi kelar yor-yor

So‘ngi yillarda yaratilayotgan filmlar ichida Jahongir Ahmedovning kartinalari o‘ziga xosligi, ko‘tarilgan mavzusining dolzarbligi bilan ajralib turadi. Tomoshabinlar ham bu ijodkorning har bir filmini o‘zgacha ishtiyoq bilan tomosha qilishadi, yangi ijod mahsulini intizorlik bilan kutishadi. Jahongir Ahmedov rejissyorligida yana bir film ayni damda suratga olinmoqda. “O‘zi ketar yor-yor, kelar yor-yor” deb nomlangan mazkur kartinaning ssenariy muallifi Jahongir Ahmedov. Operator Iqbol Meliqo‘ziev.
Bosh rollarni mahoratli aktyor Muhammadiso Abdulxayirov va Jamila G‘ofurova ijro etmoqda. Kartinada bundan tashqari, Saida Rametova, Matyoqub Matchonov, Asqar Hikmatov, Muhammaddiyor Mahkamov, Shokira Doniyorova va boshqalarni ko‘rishingiz mumkin. Kartina rejissyori Jahongir Ahmedovning saytimizga bergan ma’lumotlariga qaraganda, filmda ko‘tarilgan mavzu, bugungi kunda dolzarb bshlgan muammolardan biri. Arzimagan sabab bilan oilaga dars ketishi, turli kelishmovchilikdan oilaviy muhitning buzilishi, farzandlarning taqdiri butunlay o‘zgarib, salbiy oqibatlarga olib kelishi komedik janrda qattiq tanqid ostiga olingan.  Kinofilmning tarbiyaviy ahamiyati har bir inson uchun juda katta. Albatta filmni tomosha qilgan har bir tomoshabin bunga o‘zi guvohi bo‘ladi. Ayni damda filmni suratga olish jarayoni jadal davom etmoqda. Premerasi joriy yilning dekabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 


Manba:popcorn.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 11066 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: o‘zi kelar yor-yor, O‘zi ketar yor-yor
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
8475242 qani ko'ramiz!
Like | 0
Nigow771 kutamiz unda.
Like | 0
Nigow771 kutamiz unda.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное