O‘zini xonandalikda ham namoyon etayotgan Shaxzoda Muxammedova
Narimon Sultonho‘jaevni klipmeyker-rejissyor va aktyor sifatida yaxshi taniymiz. Endilikda u prodyuserlikka ham qo‘l urdi. Aktrisa va hozirda o‘zini xonandalikda ham namoyon etayotgan Shahzoda Muhammedova bilan hamkorlikda ishlab, prodyuserlik vazifasini o‘z zimmasiga oldi.
Endi barcha taronalar va kliplar yaratish ustida Narimon va Shahzoda birga ijod qilishni maqsad qilishdi. Ilk hamkorlik natijasi bo‘lmish "Shakarim" nomli qo‘shiq bugun "O‘zbegim taronasi" radiosi orqali premera etildi.
Mazkur tarona Narimon Sultonho‘jaevning taklifi bilan Eldor Qayumovga buyurtma qilingan va tabiiyki, so‘zi va musiqasi ustida Eldor Qayumov ishlagan. Aranjirovkani esa Botir Aliev amalga oshirgan. "Shakarim" taronasi uchun albatta Narimon Sultonho‘jaev ijodiy guruhi tomonidan klip tasvirga olinishi rejalashtirilgan. Tez orada klip premerasining ham guvohi bo‘lamiz.
Ayni damda Bobur Umarov, Zafar Qodirov va Eldor Qayumov kabi ko‘zga ko‘ringan ijodkorlar bilan hamkorlikda yana uchta qo‘shiq ustida ish olib borayotgan Shahzoda Muhammedovaning kelgusidagi ijodiga baraka tilaymiz.
Xamma uz iwini qisade.aktrisa rolini uynasa xonanda quwigini etsa maqsadga muvofiq buladi.Chunki shaxzoda aktrisa bulib tanilgan aktrisalikni qoyillatadi.Yana uzi biladi.