Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

O‘zjan Deniz o‘zidan 20 yosh kichik qizga uylandi


Turkiyalik taniqli san’atkor - ham aktyor, ham qo‘shiqchi O‘zjan Deniz kecha, 16 mart kuniq o‘zidan 20 yosh kichik Feyza Aktan bilan nikohdan o‘tdi.

Xabarlarga qaraganda, Feyza Aktan homilador. Yana bir yarim oydan so‘ng yangi juftlik farzand kutishayotgani ham oshkor bo‘ldi.

Shu bois Istanbuldagi nikohni qayd etuvchi idoraga kelinlik libosida emas, oddiy, keng ko‘ylakda kelgan.

Ammo ularning to‘y oqshomi 8 mart – xalqaro-xotin qizlar kunida bo‘lib o‘tganligi mamlakat matbuotda keng yoritilgandi.

45 yoshli O‘zjan Deniz shahar chetidagi kichik uyiga yaqinlari va do‘stlarini taklif etib, Feyza bilan oila qurayotganligini ma’lum qilgandi.

To‘yning aynan 8 mart sanasida o‘tkazilganini O‘zjanning akasi Erjan shunday izohladi: “Ukam, bilan kelinimiz bir-birlari bilan bir yarim yildan beri tanish.

Aslida ularning to‘yini 2017 yilning 10 noyabr kuniga belgilangandik. Biroq Feyza xonim bu paytda tumov bo‘lib oldi.

To‘y ortga surildi. Ukam esa visol oqshomini 8 martda o‘tkazishini aytdi. Chunki ukam ayollarni boshimizning toji, deydi”.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zjan Deniz 1991 yil Handan Deniz bilan turmush qurib, 2000 yil ajrashgan.

Ayni paytda “istanbullik kelin”da bosh rolni ijro etayotgan O‘zjan Deniz katta to‘yni serial yakunlangach o‘tkazishini rejalashtirayotgani ma’lum qildi.

Serial joriy yilning iyul oyida poyoniga yetishi mumkin.

Akmalxon Eshonxonov



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 18258 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zjan Deniz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
SpecialOne Турклари европаликлардан фарки комабдида.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное