Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi sardoriga aylandi

Bosh murabbiy Samvel Babayanning qaroriga ko‘ra, 27 yoshli Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi sardori etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasining rasmiy saytida ma’lum qilingan.
Rossiyaning "Krasnodar" klubida faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov O‘zbekiston terma jamoasida 70ta o‘yin o‘tkazib, 12ta gol urgan.
Server Jeparov va Aziz Haydarov ikkinchi terma jamoaning vise-sardori bo‘lib terma jamoa sharafini himoya qiladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 27 avgustdan buyon Toshkentdagi "Jar" hamda "Paxtakor" stadionlarida mashg‘ulot o‘tkazmoqda. O‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga 30 futbolchi taklif etilgan.
 Yaman terma jamoasi 31 avgust dushanba kuni Dubaydan Toshkentga uchib keladi. Terma jamoa O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan Ummon bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
O‘zbekiston terma jamoasining Yamanga qarshi uchrashuvi 3 sentabr kuni “Paxtakor” stadionida soat 19:00 da boshlanadi. 2 sentabr kuni esa ikki terma jamoa bosh murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani va uning ketidan rasmiy mashg‘ulot o‘tkaziladi.
3 sentabr kuni “N” saralash guruhida peshqadam Shimoliy Koreya terma jamoasi Manamaga borib, Bahrayn terma jamoasiga qarshi 3-tur uchrashuvida maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:40 da boshlanadi.5 jamoa o‘ynaydigan “N” saralash guruhida peshqadamlardan yana biri Filippin terma jamoasi bu turda dam oladi. Filippin futbol federatsiyasi 3 sentabr kuni Maldiv orollari terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi haqida ma’lum qilgan. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:00 da “Rizal Memorial” stadionida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston terma jamoasi 3 sentabr kuni Yamanga qarshi o‘yinni o‘tkazib, 2 kun Toshkentda shug‘ullanadi va 6 sentyabrda charter reysi orqali Filippinga uchib ketadi. 7 sentyabrda Filippin va O‘zbekiston terma jamoalari ishtirokida matbuot anjumani va Filippin – O‘zbekiston uchrashuvi 8 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da Bokayu Siti shahrida bo‘lib o‘tadi. 8 sentabr kuni, shuningdek, Dohada Yaman terma jamoasi Bahrayn terma jamoasiga qarshi 4-tur uchrashuvini o‘tkazadi. Shimoliy Koreya terma jamoasi 4-turda dam oladi va hozircha hech qanday uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmagan.
 3-tur oldidan “N” saralash guruhida Shimoliy Koreya va Filippin 2 ta o‘yindan keyin 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni egallab turgan Bahrayn, O‘zbekiston va Yaman terma jamoalarida esa hozircha ochko yo‘q.


Manba:kun.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3285 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: aylandi, yangi, Odil Ahmedov, O‘zbekiston Milliy terma jamoasi, Sardor
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
FarruxTIMI Odilga oldinro beriw keregidi bog'ichni. omadtiliman bollaga
Like | 0
Behzod_5995 Omad yor bulsin olg'ga bolar albta yutslar
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное