Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Efir Sirlari - Piano Version
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Soundtreck-Великолепный Век
. Osiyo-Soundtreck
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Olib qochilgan Lacetti beton to‘siqqa urildi, Captiva piyoda va velosipedchini urib ketdi. YTHlar tafsilotlari

 

O‘zbekiston yo‘llarida so‘nggi kunlarda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar tafsilotlarini taqdim etamiz.

Qarshida olib qochilgan Lacetti beton to‘siqqa urildi.

 

 

2022-yil 1-yanvar kuni soat 02:00 larda Qarshi shahar 102 raqamiga Koson tumani Po‘lati shaharchasida yashovchi 34 yoshli B.I. qo‘ng‘iroq qilgan.

Aniqlanishicha, B.I. Cobalt’ini Qarshi shahridagi B.Sherqulov ko‘chasida qoldirgan. Va shu ko‘chada joylashgan “Narmen” tungi klubiga kirib ketganidan so‘ng noma’lum shaxs avtomashinasini olib qochgani to‘g‘risida xabar bergan.

B.I. avtomashinani topishda hamda transport vositasini olib qochgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu transport vositasi Qarshi shahar Zarin ko‘chasida yashovchi 49 yoshli B.D. tomonidan olib ketilgani, B.D. avtomashinani mast holatda boshqarib Qarshi shahar I.Karimov ko‘chasidagi beton to‘siqqa urilib, yo‘l transport hodisasini sodir etgani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibida ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Nexia yonib ketdi.

 

5-yanvar kuni soat 13:52 da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 101 qisqa raqami orqali M-39 Almati–Toshkent–Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati Do‘stlik tumani hududidan o‘tuvchi 942-kilometrida yengil avtomobil yonayotgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi.

Aytilgan joyga Do‘stlik tumani FVBdan qutqaruvchilar bo‘linmasi yuborilgan. Shuningdek, yong‘in joyiga Sirdaryo viloyati Sardoba tumani FVB 8-sonli yong‘in-qutqaruv qismidan ham 1 ta bo‘linma yetib kelgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yo‘q.

Aniqlanishicha, Toshkent–Termiz yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Nexia’ning shu yo‘nalishdagi yuk avtomobili bilan to‘qnashuvi oqibatida beton to‘siqqa borib urilgan va yong‘in kelib chiqqan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Orlando Lacetti ustiga “chiqib oldi”.

 

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilning 5-yanvar kuni soat 13:00 larda, Toshkent shahar, Olmazor tumani hududida joylashgan “Olmazor” to‘yxonasi ro‘parasida haydovchi R.I. (1981-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Orlando hamda haydovchi A.X. (2002-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Lacetti avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Captiva piyoda va velosipedchini urib ketdi.

 

 

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidan o‘tuvchi 4R-154 Qo‘qon–Yaypan–Isfara yo‘lining 20-kilometrida Captiva yonida ketayotgan yo‘lovchiga chalg‘ib boshqaruvni yo‘qotadi. Shu sabab yo‘l chetida turgan velosipedchi va piyodani urib ketadi.

Oqibatda velosipedchi og‘ir tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan, piyoda shifoxonada davolanmoqda.

Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 856 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qochilgan, KETDI, va, urildi, velosipedchini, beton, piyoda, to‘siqqa, urib, YTHlar, olib, tafsilotlari, Lacetti, Captiva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное