Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Sirdaryoda olib qochilgan Nexia to‘liq yonib ketgan holda topildi
Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida 42 yoshli fuqaro A.M.ga tegishli Nexia avtomobili noma’lum shaxs tomonidan olib qochildi, deb xabar beradi Tergov departamenti.

9-aprel kuni soat 06:15 da Sardoba tumani Turon ko‘chasida yashovchi fuqaro Sirdaryo viloyati 102 qisqa raqamiga murojaat qilib, noma’lum shaxs tomonidan ishonchnoma qog‘ozi asosida boshqaruvida bo‘lgan oq rangli Nexia rusumli avtomashinasi eshigi ochiq va kaliti joyida qolganidan foydalanib, yashash uyi oldidan olib qochib ketgani haqida ma’lum qilgan. Fuqaro ushbu noma’lum shaxslarni topishni hamda ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Sardoba tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, jabrlanuvchiga tegishli avtomashina Sardoba tumani “Qo‘yitosh” mahallasi hududidan o‘tuvchi avtoyo‘lning 6-kilometrida to‘liq yongan holatda topilgan. Avtomashina ko‘zdan kechirilgan vaqtda noma’lum shaxs tomonidan avtomashinaning davlat raqamlari va muqaddam avtomashinada mavjud bo‘lgan gaz ballon hamda orqa yukxonasidagi zaxira g‘ildiragi yechib olib ketilgani aniqlangan.Tergov-tezkor harakatlar davom ettirilib, mazkur jinoyatni Sardoba tumanida yashovchi muqaddam sudlangan 30 yoshli K.R. sodir etgani, uning yashash xonadoni tintuv qilinganida olib qochilgan Nexia rusumli avtomashinaga o‘rnatilgan bir dona gaz ballon hamda bir dona avtomashina zaxira g‘ildiragi mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha K.R. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi va 173-moddasi 1-qismi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Avvalroq Buxoro shahrida 49 yoshli erkak Koreya fuqarosining yuk mashinasini olib qochgani, Namanganda 18 yoshli yigit otasining Matiz’ida YPX xodimini urib yuborgani, Toshkentda Nexia’ni olib qochgan 12 va 16 yoshli bolalar ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2504 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qochilgan, olib, ketgan, to‘liq, Nexia, holda, Sirdaryo, yonib, topildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное