Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Olimlar fikri: insonning xarakteri uning qaysi oyda tug‘ilganiga bog‘liq


Bir guruh olimlar yoz va kuzda tug‘ilgan odamlarning barqaror ko‘tarinki kayfiyatga moyil bo‘lishini aniqladi. Bahor faslida tug‘ilganlar optimist, hayotning yaxshi tomonlarini ko‘rishga harakat qiladigan va muloqotga oson kirishuvchan bo‘lishadi. Lekin shu bilan birga, ular ko‘pincha klinik depressiyadan aziyat chekadi, deb yozadi «Nation News» nashri.

Yozda tug‘ilgan odamlar esa qiyin vaziyatlarda sabr-matonat ko‘rsata oladi. Shuningdek, ularning kayfiyati tez-tez o‘zgarib turadi. Kuzda tug‘ilganlar depressiyaga kam yo‘liqadi, lekin ular qaysar va jizzaki bo‘ladi. Qishda tug‘ilgan odamlar depressiyadan aziyat chekishi bilan birga, ruhiy kasalliklarga ham moyil bo‘ladi, hayotdagi muvaffaqiyatsizliklardan qattiq qayg‘uga tushadi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, qish faslida tug‘ilgan odamlar orasida, ijtimoiy jihatdan yuqori cho‘qqilarga erishgan odamlar ham talaygina. Olimlar inson hayotiga uning tarbiyasi va atrofdagi muhit ko‘proq ta’sir qilishini ta’kidlashmoqda.

Mirjalol Madvaliev tayyorladi.

Manba: soglom.uz



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 10449 | Рейтинг: 0| Рейтинг: xarakter, Tug'ilgan, oy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное