Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Olmaota—Toshkent xalqaro yo‘lovchi poyezdi qatnovi boshlandi



Olmaota-2 vokzalida Olmaota—Toshkent yo‘nalishida qatnovchi №1/2 xalqaro yo‘lovchi poyezdining tantanali ishga tushirilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda. 


Qozog‘istonning “NK KTJ” AJ temiryo‘l kompaniyasi vitse-prezidenti Erik Imashevga ko‘ra, yangi yo‘nalish O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasidagi kelishuv doirasida yo‘lga qo‘yildi. 


Olmaota hokimi o‘rinbosari Rumil Taufikov yangi yo‘nalishning ahamiyatini ta’kidlash uchun quyidagi raqamlarni keltirib o‘tdi: shaharda 129 ta qo‘shma va 236 ta O‘zbekiston korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Tovar aylanmasi 2016-yilning o‘zida 62 foizga oshib, 200 million dollardan ortdi.


Tarkib Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan 29 ta “Tulpor-Talgo” vagonidan iborat. Vagonlar to‘rt toifaga — ikki kishilik lyuks, ikki kishilik biznes-klass, to‘rt kishilik kupe va har birida 36 o‘rindiq bo‘lgan 2 ta ekonom-klassga bo‘lingan. Shuningdek, tarkibda alohida yuk vagoni, vagon-restoran va vagon-bar mavjud. 


Poyezd haftasiga ikki bor qatnaydi: Olmaotadan dushanba va shanba, Toshkentdan seshanba va yakshanba kunlari jo‘naydi. Yo‘lga sarflanadigan vaqt, taxminan, 16 soat 30 daqiqani tashkil etadi. Qatnov yo‘lidagi to‘xtash joylari: Otar, Chu, Taraz, Chimkent, Sariog‘och va Toshkent.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3362 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Poyezd
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное