Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Omadlimi, makkormi, dilkashmisiz, burjingizga qarab biling!




Eng ehtirosli – Hamal

Mazkur burjda tug`ilganlar faol, yoqimtoy va ehtirosli bo`lishadi.  Jozibalari bilan juftlarini maftun etishlari ayni haqiqat. Ular o`zgalar e`tiborini tarovatlari va ichki tuyg`ulari bilan jalb qilishga ustalar.

Eng sahiy – Savr

«Savr»lar ziddiyatlarni yoqtirishmaydi. Suhbatlashganda muloyimlik bilan so`zlashish va uddaburonlik bilan javob berish ular uchun xos sifatdir. Ular beminnat yordam ko`rsatadilar, evaziga hech narsa talab qilishmaydi. Yuraklari juda keng.

Eng omadli – Javzo

Eng omadli burj vakillari aynan «Javzo»lar. Ular boshqa burj vakillariga qaraganda kerak joyda va kerakli vaqtda paydo bo`lishni biladilar. Tabiatdan juda optimist bo`lganliklari esa omad kalitidir. Qanday ishga qo`l urishmasin hamisha ko`tarinki kayfiyat va omadga erishish payida bo`lishadi.

Eng oilaparvar –Saraton

Ushbu burj vakillari uchun oila birinchi o`rinda turadi. Ular o`zlariga mos umr yo`ldosh topishga oshiqadilar. Qo`rg`onlarini hamisha himoya qilishadi. Farzandlari uchun g`amxo`rliklarini aytmaysizmi. Bu burj vakillari uchun jiddiy aloqalar va nikoh eng maqbul variant.

Faqat «Men» deguvchi – Arslon

Bag`irikenglik va do`stlariga yordam qo`lini cho`zishlari bekorga emas. Har bir boshlagan ishida o`z foydasini ko`rmasa, engini shimarmaydi. Ular hammaning diqqat markazida bo`lishni sevadilar va bundan kuchga to`ladilar. Bundan tashqari, ular maqtov-mulozamat gadosidirlar, bunday paytda o`zlarini yuksaklarda his qilishadi.

Eng sodiq — Sunbula

Bu burj vakillari bo`lajak yorlarini juda ehtiyotkorlik bilan tanlashadi. Ularga butun mehr-muhabbatini ulashib, turmushlarini farovon qilishga harakat qilishadi. «Sunbula» burjidagilar nafaqat juftlari, balki yaqin do`st va dugonalariga ham sira xiyonat qilishmaydi.

Eng dilkash – Mezon

«Mezon»larning og`zini yopsangiz ham gapdan to`xtata olmaysiz, soatlab suhbatlashish jonu dillari. Ular yangi tanishuvlardan xursand bo`lishadi. Katta davralarda o`zlarini qulay his etishlari va ishonch bilan so`zlashlari diqqatdan chetda qolmaydi. Zaif tomonlari esa bir kun ham yolg`izlikni ko`tara olishmaydi.

Eng makkor – Aqrab

Agar bu burj vakillari o`ch olishni boshlasalar, ularni to`xtatib qolish qiyin. Ular siz gumon qila olmaydigan darajada eng murakkab usullardan foydalanib qasdlashishadi. Hech mubolag`asiz aytish mumkinki, «Aqrab» lar xavfli raqibdirlar.

Eng chiroyli – Qavs

«Qavs» ayollarining tashqi ko`rinishi tabiatan nafis va jozibador. Tabassumlari bilan atrofdagi insonlarni maftun qila olishadi. Tashqi ko`rinishlari e`tiborli bo`lishni ham o`rniga qo`yishadi. «Qavs»larni patalak sochu shishgan qovoqlar bilan uchratishingiz amrimahol.

Eng yopiq – Jadiy

Ularning xayolida nimalar borligini topish juda qiyin. Kamdan-kam hollarda o`z kechinma va sirlarini o`zgalarga ishonadilar. Ko`pincha insonlar orasida o`zlarini sovuqqon va beparvo tutishadi.

Eng ajoyib – Dalv

Yangi g`oyalar ishlab chiqarishda «Dalv»ga teng keladigani yo`q. Ularda tasavvur va ijodkorlik xususiyati juda yaxshi rivojlangan. Ammo ba`zan o`ylagan narsalarini amalga oshirish uchun ikkilanishadi. Natijada esa ajoyib kashfiyotlar tan olinmaganicha qolib ketadi.

Eng kuchli — Hut

Astrologlarning fikricha eng kuchli burj vakillari aynan «Hut» ekan. Bu juda ajablanarli axir bu burj vakillari hissiyotga beriluvchan va ta`sirchan bo`lishadiku. Ularda kuch qayerdan bo`lsin? «Hut» larda boshqa burjlarda yo`q qobilyat bor. Masalan qaysar «hamal» va «jadiy» mag`lubiyatga uchraganida «hut» yuksaklarda turgan bo`ladi. «Hut»lar egiladi, ammo sinmaydi.


Manba:Gooper.uz
Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 6861 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Burj
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NaTaLi 100% tog'ri
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное