Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Zerda - Soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Titanik-soundtreck
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. TisMarHan-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Opera kuylagan Manzura va dunyo kezgan Iroda Dilroz




Darakchi” gazetasining “Javob ber” loyihasi bugungi qahramonlari yaqindagina “Muctahzod” qo`shig`ini duet tarzida kuylagan xonandalar — Manzura va Iroda Dilroz. Hayotda ham uzoq yillik dugona ijodkorlarning suhbati qiziqarli kechdi.

 

Iroda Dilrozning Manzuraga savollari:

1. Ijodingizni endi boshlaganingizda opera kuylaganingizni bilaman. Ayni kunlarda esa zamonaviy va milliy yo`nalishlarda juda faolsiz. Kelajakda yana qaysi janrga murojaat etish niyatingiz bor?

2. Hayotdagi eng katta orzuingizni biz bilan bo`lisha olasizmi?

3. Qo`shiq yaratish jarayonida nimalar haqida ko`proq o`ylaysiz? Tinglovchiga taqdim etishdan oldin qanday maqsadlar bo`ladi?

4. Hozirgi yosh xonandalarga ustozlik qila olarmidingiz?

Tushkunlikka tushib qolgan paytlaringizda kimdan, nimadan ruhlanasiz? Sizga turtki bo`lib turuvchi so`zlar bormi?

 

Manzuraning javoblari:

1. San`atkor doimiy ravishda yangilik yaratishi, tinglovchilarini kutilmagan ijodiy ishlari bilan hayratga solishi kerak, deb o`ylayman. Janrlar haqida gap ketganda esa menimcha hali bu borada ko`p yangiliklar bo`ladi. Ammo ularni oldindan gapirib o`tirmayman.

2. Har bir insonning qalbida yashirin orzulari bo`lishi tabiiy. Lekin men ular haqida omma oldida gapirishni istamasdim.

3. Ochig`ini aytish kerak, yoshligimda kuylagan ayrim qo`shiqlarimni bugun tinglab qolsam, biroz afsuslanish hissini sezaman. Bugun har bir qo`shiqni taqdim etishdan avval uning g`oyasi, nima demoqchi bo`layotganim haqida ko`p o`ylanaman. Ular orqali muxlislarimni yaxshilikka chorlab, chin ma`noda ma`naviy ozuqa berishni istayman.

4. Rosti, o`zim ustozga muhtojman. Shunday ekan kimgadir yo`l ko`rsatishim menimcha, noto`g`ri ish. Ustoz bo`lishning katta mas`uliyati bor! Hozircha, bu jiddiy vazifani bajara olishimga ko`zim etmaydi.

5. Yaratgan, bizga bergan imkoniyatlardan to`liq foydalanmasdan xato qilayotganim haqida ko`p o`ylayman.

Manzuraning Iroda Dilrozga savollari:

1. Bola paytingizdan o`zbek san`atini dunyoga tanitib kelayotgan ijodkorlardan birisiz. Aytingchi, kelajakda yana qaerlarda bo`lishni istardingiz?

2. 1991 yil, siz va Doston Ubaydullaev juda katta tadbirda ishtirok etish uchun ilk bor chet elga — Moskvaga borgandingiz. 27 yil avvalgi o`sha kunlarni, bugun qanday eslaysiz?

3. Dunyoga mashhur bastakor Al-Rahman bilan ijodiy hamkorlik qilganingizdan ham xabarim bor...

4. Birgalikda kuylagan duetimiz “Mustahzod”ning klipini suratga olish uchun ko`pgina qiyinchiliklardan o`tib, uzoq vaqt kutdik. Shularga qaramay u siz kutgandek bo`ldimi?

5. Siz xonanda, bolalar guruhida rahbari, bir oilaning bekasi va onasiz. Hammasiga ulgurish, hamma bilan til topishish, muomila va madaniyatni saqlab qolish qiyin bo`lmayaptimi?

Iroda Dilrozning javoblari:

1. To`g`ri aytasiz, kasbim taqozosi bilan san`atimizni juda ko`p davlatlarda namoyish etish baxtiga muyassar bo`lganman. Endilikda esa borishga ulgurmagan dunyoning boshqa burchaklariga farzandlarim bilan birgalikda sayyohat qilish. Eng katta orzuim — Haj safarini amalga oshirishdir.

2. O`shanda 11 yashar qizaloq edim. “Yalla” guruhining yigirma yilligi munosabati bilan Moskva shahrida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etganmiz. Doston ikkimiz jonli ijroda “Otmagay tong” qo`shig`ini kuylagandik. Sahnadagi ko`ngilimizdan o`tgan hayajonlar xuddi kechagidek esimda. Ustoz san`atkorlar qatorida biz, bolakaylarning ham bir sahnada turganimiz aslida katta baxt edi. Buning uchun ustozlarimiz Farrux Zokirov va Nodira Qurbonovadan juda minnadorman.

3. Manzura, qisqa savol-javoblar bilan hayotimdagi eng yorqin xotiralarga qaytaryapsiz. O`shanda, 2003 yilda Al-Rahman Osiyo mamlakatlari bo`ylab gastrol safarini amalga oshirgan. Unda men ham ishtirok etgandim. hindistonlik bu bastakor bilan ishlashim hamkorligimiz ijodimda yangi bosqichni boshlab bergan, deb o`ylayman. Konsertlar davomida barcha xorijiy hamkasblar bilan tajriba almashib, o`zim uchun ko`p narsalarni o`rgangandim.

4. Yaxshi ijodiy ishga osonlik bilan erishib bo`lmaydi. Buni yaxshi tushunadigan inson sifatida klipni tayyor bo`lishini sabr bilan kutdim. Qiyinchiliklarga qaramay, uni o`ylaganimdek tugata olganimdan xursandman.

5. Ayol kishining joni qirqta, deb bekorga aytishmaydi-ku. To`g`ri, ayollarning ishi, hayotdagi vazifalari oson emas. Ammo mehnatdan qochmasdan, harakatda bo`lish orqali natijaga erishilgan rohat, menimcha yoqimliroq. Bugun hayotda va ishdagi vazifalarimga ulgurishim uchun menga yordam berayotgan onam, yaqinlarim, enagam va yordamchilarimdan minnadorman. Ularning qo`llab-quvvatlashi va doimiy ko`maklari menga ko`p asqatadi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2757 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Iroda Dilroz, Manzura
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное