Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Oskar — 2015”: g‘oliblarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishing

AQShning Los-Anjeles shahrida 87-“Oskar” marosimi yakunlandi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Yilning eng yaxshi filmi Alexandro Gonsales Inyarratuning “Byordmen” kartinasi bo‘ldi, u shuningdek, “Eng yaxshi rejissorlik ishi”, “Eng yaxshi operatorlik ishi” va “Eng yaxshi original ssenariy” yo‘nalishlarida g‘olib bo‘ldi.
Avval xabar berganimizdek, Eddi Redmeyn va Julianna Mur eng yaxshi aktyor va aktrisa deb tan olingan bo‘lsa, ikkinchi darajali eng yaxshi erkak va ayol rollari bo‘yicha J. K. Simmons (“Shaydolik”) va Patritsiya Arkett (“O‘spirinlik”) “Oskar”ga ega bo‘ldi.
“Shaydolik” filmi “Eng yaxshi tovush” va “Eng yaxshi montaj” bo‘yicha ham “Oskar”larni qo‘lga kiritdi.
“Grand Budapesht mehmonxonasi” filmi “Eng yaxshi liboslar dizayni”, “Eng yaxshi grim va soch turmagi”, “Eng yaxshi postanovkachi rassom” va “Eng yaxshi saundtrek” yo‘nalishlarida g‘olib bo‘ldi.
“Qahramonlar shahri” eng yaxshi animatsion film, “Ziyofat” esa eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film deb tan olindi.
Bundan tashqari, “Taqlid o‘yini” (“Eng yaxshi soddalashtirilgan ssenariy”), “Interstellar” (“Eng yaxshi vizual effektlar”), “Faxriylar uchun ishonch telefonlari” (“Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film”), “Selma” (“Eng yaxshi qo‘shiq”) filmlari ham “Oskar” mukofotlarini qo‘lga kiritdi.
Manba:daryo.uz


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 6549 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Oskar-2015, Oskar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное