Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO PREMYERALAR

Oskar"ga da`vogarlar e'lon qilindi.



Amerika kinematografiya san`ati akademiyasi "Oskar" mukofotiga da`vogarlar ro'yxatini e`lon qildi. Jahondagi eng obro'li kinosovrinlardan biri hisoblanuvchi mukofot 24 nominatsiyada topshiriladi. G'oliblarni tantanali e`lon qilish va taqdirlash marosimi 26 fevralda Hollivudda bo'lib o'tadi. Da`vogarlar ro'yxatida filmlar, aktyorlar, rejissyorlar, ssenariynavislar va kinosanoatiga ulkan hissa qo'shgan san`at arboblari bor. 

Shunday qilib, kinoakademiya saytida efirga uzatilgan maxsus lavhada da`vogarlar ism-shariflari e`lon qilingan. Ro'yxatni aktrisalar Bri Larson, Jyennifer Xadson, operator Emanuel Lyubetski, rejisser va ssenariynavis Jyeyson Raytman, yapon aktyori Ken Vatanabe hamda kinoakademiya prezidenti Sheril Bun Ayzeks o'qib bergan. Demak, tanishamiz:

Eng yaxshi erkak roli uchun

Bu nominatsiyada aktyorlar Keysi Afflek ("Dengiz yaqinidagi Manchester"), Rayan Gosling ("La-la-lend"), Endryu Garfild ("Vijdon amri bilan"), Viggo Mortensen ("Kapitan Fantastik") va afroamerikalik Denzel Vashington ("To'siqlar") bosh sovrin uchun kurash olib borishadi.

Eng yaxshi ayol roli uchun

Emma Stoun, Natali Portman va Meril Strip kinoakademiya tomonidan ushbu sovringa da`vogarlar sifatida qayd etilgan. Ular bilan birga, Rut Negga ("Laving") va fransiyalik Izabel Yupper ("U-ayol") ham ro'yxatga kiritilgan.

Eng yaxshi rejissyor

2017 yilgi eng yaxshi rejissyor unvoniga Demen Shazell ("La-La Lend") va Mel Gibson ("Vijdon amri bilan"), Barri Jyenkins ("Oy nuri"), Kennet Lonergan ("Dengiz yaqinidagi Manchester") va Deni Vilnyov ("Kelish") kurashadi.

Eng yaxshi film

Kinotanqidchilar bu borada 9ta kartinani tanlashgan. Bular: "La-La Lend", "Sher", "Kelish" va "Oy nuri", "Vijdon amri bilan", "Figurani yashirish", "Dengiz yaqinidagi Manchester", "Qanday bo'lmasin" va "To'siqlar" filmlaridir.

Xorijiy tildagi eng yaxshi film nominatsiyasi uchun Avstraliya, Daniya, Eron, Germaniya va Shvetsiya rejissyorlari ijodiga mansub filmlar kurashadi. 

Eng yaxshi to'liq metrajli animatsiya filmi

Bu tasnifda "Hayvonlar shahri" va "Moana", shuningdek, "Kubo. Samuray haqida afsona", "Qizil toshbaqa" va "Qovoqcha hayoti" multfilmlaridan biri tanlanadi. 

Bundan tashqari, ikkinchi darajali eng yaxshi ayol ijrochi va erkak aktyor aniqlab olinadi. Shu bilan birga, eng yaxshi maxsus effektlar muallifiga ham kinoakademiya sovrini beriladi. 


Manba:kun.uz
Категория: KINO PREMYERALAR
Просмотров: 3572 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Oskar
--DIQQAT, DIQQAT SIZDA MUAMMOLAR YUZAGA KELDIMI?--

KINO FILMNI Ko'chirib olishda muammolar bormi?
Unda
"Internet Download Manager" dasturi siz uchun.
KO'CHIRIB OLING!
va saytimizdan MP3 va KINOLARNI  Yuqori Tezlikda Yuklang!
YUKLASH, СКАЧАТЬ (3.89Mb)  

Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное