Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Oybek va Nigoraning farzandi bormi?!”

“Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigoraning ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, “whatsapp” hamda “telegram”da chamasi bir yoshlardagi bolani aravachada yetaklab yurishgani tasvirlangan surat tarqaldi. Bu surat xonandalarga bildirmay olingani shundoq sezilib turibdi. Oybek va Nigora bilan bog‘liq mazkur surat internetda tarqalib shov-shuvlarga sabab bo‘lgandan keyin Nigoraning o‘zi ham bu rasmni instagramdagi shaxsiy sahifasiga joyladi. “Toza havo – tanga davo. Ham bolalarga, ham kattalarga” deya izoh qoldirgan Nigoraga “bu sizlarning farzandingizmi?” qabilidagi savollarning keti uzilmayapti. Nigora esa bu savollarga javob berishni lozim topmagan ko‘rinadi. Shunday bo‘lsa-da bu surat qo‘l telefonlarida ham tarqalishga ulgurdi.  Balki biz ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollarga javob olarmiz, degan maqsadda Nigoraga qo‘ng‘iroq qildik.
Nigora Ismoilova, “Nihol” mukofoti sovrindori:
— (kulib) Hali Oybek ham, men ham turmush qurmagan bo‘lsak, qaerdan farzandimiz bo‘ladi. Odamlarga ham hayronsan, ko‘rmasdan, bilmasdan turib turli bo‘xtonlarni o‘ylab topishadi. Bolalarni juda yaxshi ko‘raman, aravachadagi bu kichkintoy  esa xonanda Farruh Ahmedovning o‘g‘li. San’atkor do‘stlarimiz bilan kechki sayrga chiqqanimizda Oybek ikkimiz bolaga qarab turgandik. Bu surat qanday qilib odamlar qo‘liga yetib bordi hayronman. Ortiqcha mish-mishlarga esa hojat yo‘q menimcha. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 17509 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Oybek va Nigora
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
muxrish511 Baxtli bo'lishsin
Like | 0
Muslima979797 Bor bosa nma qipti ;)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное