Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA

Ozodbek Nazarbekov haqida ma'lumot

Ozodbek Nazarbekov haqida ma'lumot 

Ozodbek Nazarbekov Axmadovich 1974 yil 7 mayda Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug`ilgan. 

1994 yildan buyon qo`shiqchilik san`ati bo`yicha o`z ijodiy faoliyatini boshlagan.

2002 yildan buyon "O`zbeknavo” estrada birlashmasida yakkahon honanda sifatida faoliyat yuritadi.

Ozodbek Nazarbekov 1994 yildan buyon Respublika miqyosidagi davlat tadbirlarida: O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, Navro`z umumxalq bayrami va Mustaqillik bayramlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Respublikamizning barcha viloyatlarida o`zining yakkahon konsertlarini namoyish etgan.

2003 yil 22 iyunda Turkiston saroyida "Oydin kechalar” deb nomlangan yakkahon konsertini, 2005 yil 15-16 aprelda esa Xalqlar do`stligi saroyida "Yuragimdan kuylaganim sen” deb nomlangan konsertini, 2006 yil 12-13-14-15 aprel kunlari "Sening darding...” deb nomlangan konsertini o`z muxlislariga taqdim etgan.

1994 yildan buyon honandaning 7 ta audio, video kasseta va disk to`plamlari yozilib, sotuvga chiqarilgan.

Respublika, viloyat, tuman va shaxar televideniya tarmoqlarida honandaning "Kel, ey yorim" (1994 y), "Toshkentim go`zallari" (1997 y), "Barno" (1997 y), "Kechalar" (1998 y), "Chandiq Qiz" (2002 y), "Chang ko`chalar" (2002 y), "Bevafo" (2003 y), "Jonim manim" (2005 y), "Kuyib qolganman" (2006 y), "Vatan" (2006 y), "Yomg`ir" (2006 y) kabi o`nlab qo`shiqlari, musiqiy kliplari muntazam namoyish etib kelinmoqda.

Hozirda Ozodbek Nazarbekov Mannon Uyg`ur nomidagi San`at oliygohining 3-kurs talabasi. 

 



Категория: SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA
Просмотров: 29725 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
bobo91 Ozbegiston MEGA YULDUZI OZODBEK
Like | 0
ajajajajaj ozodbek akaga omadla
Like | 0
guliston Gap yöq bu xonandaga! Umuman kamchiligi yöq! Ideal xonanda! Har tomonlama mukammal! Sizga havas qilaman!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное