Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Ozodbek Nazarbekov “Ilhaq” filmi haqida nima dedi?

Jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan “Ilhaq” filmi atrofidagi fikr-mulohaza va munosabatlar hamon tingani yo‘q. Film haqida ijobiy fikrlar talaygina va albatta tanqidiy munosabatlar ham yo‘q emas. Aksariyat kino muxlislari shu vaqtgacha o‘zbek kinoijodkorlari urush haqida ishlagan kinolari orasida “Ilhaq”da ikkinchi jahon urushiga yangicha munosabat borligini e’tirof etishmoqda. Ya’ni ikkinchi jahon urushida ajdodlarimiz, avvalo oila va farzandlari uchun qo‘lga qurol olganlari filmda ta’sirli darajada ochib berilgan.

Ushbu film haqida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham munosabat bildirdi.
“Mash’um urush yillari o‘z vatani ozodligi, tinchligi uchun ko‘ksini qalqon qilgan, minglab och-yalang‘och bolalardan burda nonini, hatto jonini ayamagan vatandoshlar avlodimiz. Demak, «tojdor» virusdek ko‘rinmas yov bilan kurashishga ham qudratimiz yetadi.
Kun kelib mana shu kahramonliklar haqida ham kuchli filmlar yaratilishi, ularda ham qalbga yaqinlik, milliy ruh ufurib turishi shubhasiz. Zero, bu kabi badiiy filmlar o‘zbek xalqining bemisl jasorati, matonati shu bilan birga olijanob xislatlarini ko‘rsatib berishda muhim qadam bo‘lajak. Ana shu jihati bilan ham «Ilhaq»dek filmlar odamlar qalbidan mustahkam o‘rin oladi”, deydi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.
UzA.uz


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3650 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ozodbek Nazarbekov, Ilhaq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное