Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Plastik operatsiya: kim xursand? kim afsusda?

Xalq e’tiboridagi shou-biznes vakillari hamisha yosh va chiroyli ko‘rinishga harakat qiladi. Hatto ayrim ayol xonandalar chiroyini saqlab qolish uchun jarrohlik stoliga yotishga ham rozi bo‘ladi. “Hordiq” gazetasi xonandalardan plastik jarrohlikka munosabati haqida so‘radi.
Rayhon: 
—Hech qachon plastik operatsiya qildirmaganman. Rostini aytsam, bundan juda qo‘rqaman. Lekin har uch oyda labimni ukol yordamida shishirib turaman. Mutaxasislarning fikricha, buning sog‘liqqa hech qanday zarari yo‘q. Faqat chivin chaqqandek og‘riydi, xolos. 
Manzura: 
—Aldashni juda yomon ko‘raman. Ikki marta plastik jarrohlarga murojaat qilganimni tan olaman. To‘qqiz yil muqaddam yuzimda kichik jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilgan. Ko‘pchilik qovoqlarimning olingani menga juda yarashganini ta’kidlaydi. Uch yil oldin esa yana plastik jarrohlar bilan maslahatlashgan holda kichik operatsiya o‘tkazdik. 
Hosila Rahimova: 
—Ancha yillar avval Turkiyaga borib, qovog‘imni oldirgan edim. Rosti, ancha vaqtgacha bunga ko‘nikishim oson kechmadi. Xonandaning go‘zal tashqi ko‘rinishi sahna talablaridan biri sanaladi. Shuning uchun hamisha tashqi ko‘rinishimga e’tibor beraman. Lekin endi plastik operatsiya qildirish niyatim yo‘q. 
Munisa Rizayeva: 
—Burnimning shakli o‘zimga yoqmasdi. Shuning uchun ikki yil avval uni plastik operatsiya qildirishga qaror qilganman.  Avvaliga jarrohlikning natijasi sezilmadi.  Shunda shifokor “Burun murakkab a’zo, avvaliga biroz kattalashadi, so‘ng kichrayadi”, degan edi. Nazarimda, hozir ko‘rinishim risoladagidek. San’at olamiga qadam qo‘ymasimdan ancha oldin labimdagi kamchilikni to‘g‘irlatganman.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 12718 | Рейтинг: 1| Рейтинг: plastik operatsiya, Munisa Rizayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное