Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Qaqnus - Mal De music
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Qirolicha - Stakan Version
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Pazanda - Im Loving You
. Merlin-Soundtreck
. Ishq Ertagi - Title sound
. Великолепный Век-Soundtreck 2
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Prezident 17 yoshli Xorazmlik qizga spark sovg‘a qildi


Prezident Shavkat Mirziyoev Xorazm viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida Urganch shahridagi Yoshlar markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Facebook cahifasida xabar qilindi.

«Biz bu kabi zamonaviy inshootlarni ko‘plab qurishimiz mumkin. Lekin uning ichida qanday ta’lim-tarbiya olish, hunar o‘rganish siz yoshlarning intilish va tashabbuslaringizga bog‘liq. Xorazmlik yoshlar bu borada boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak», dedi davlat rahbari.

Shuningdek, Prezident turli sabablarga ko‘ra to‘g‘ri yo‘ldan adashib qolgan yoshlarni sog‘lom hayotga qaytarishda ularning tengdoshlari yordam berishi kerakligini qayd etdi. Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoev viloyatning bir guruh faol yoshlari bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi. Ular orasidan 17 yoshli sportchi Shirinoyga davlat rahbari Spark rusumli avtomashinani sovg‘a qildi.

Shironoy oddiy oila farzandi. Otasi quruvchi, onasi esa uy bekasi. Oiladagi e’tibor tufayli 10 yildan buyon sportning karate turi bilan shug‘ullanib keladi. 2012 yilda O‘zbekistonda o‘tkazilgan jahon kubogida 2ta oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2013 yilda esa Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida ham mutlaq g‘olib bo‘lgan. U bugungi kunda 3 karra jahon chempioni degan yuksak nom egasi.

Shirinoy Rahimova: "Oltin medallarga ega bo‘lganimda ham bunchalik quvonchga, hayajonga to‘lib-toshmagan edim» Yurtboshimiz bilan uchrashuvda shunaqangi hayajonlandimki, «Hayajonni to‘xtatib mashina haydashni o‘rgansangiz, sizga mashina sovg‘a qilaman», deganlarida gulduros qarsaklar chalindi. Tinch mamlakatning baxtiyor farzandi ekanligimdan qalbim quvonchga to‘ldi. Jahon chempionatlarida oltin medalni qo‘lga kiritganim oldida hayajon bilan Prezidentimiz bilan bo‘lgan uchrashuvdagi hayajonimni aslo tenglashtirib bo‘lmaydi. Shuncha shart-sharoitlardan keyin biz, yoshlar astoydil mehnat qilmasak, o‘qib-o‘rganmasak, O‘zbekiston farzandi degan nomga munosib bo‘lolmaymiz".



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8424 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Prezident
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное