Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Prezident Farmoni: Qurbon hayiti munosabati bilan dam olish kunlari belgilandi


Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 21 avgust seshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2018 yil 21-23 avgust kunlari mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanishi belgilandi.

Farmonda 2017 yil 28 dekabrdagi Farmonida nazarda tutilgan 2018 yil 24 avgust kundagi dam olish kuni 22 avgust chorshanba kuniga ko‘chirilishi belgilangan.

Qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirishga oid mazkur Farmonda shuningdek 25 avgust shanbadagi dam olish kunini 23 avgust payshanba kuniga ko‘chirilishi belgilangan edi.

Shunga ko‘ra, 2018 yil 21–23 avgust kunlari 5 kun ishlaydiganlar uchun, 21-22 avgust kunlari 6 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni hisoblanadi.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 9218 | Рейтинг: 0| Рейтинг: munosabati, prezident farmoni, Dam olish kunlari, Qurbon hayiti, bilan, belgilandi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное