Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Navro‘z bayrami munosabati bilan necha kun dam olishadi?


Navro‘z bayrami munosabati bilan bu yil haftasiga 5 kun ishlovchi o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi.

Prezidentning 2018 yil 12 noyabrdagi PF-5574-sonli Farmoni bilan 2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanib, dam olish kunlari ko‘chirilgan edi.

Quyida bayram arafasidagi dam olish kunlari haqidagi ma’lumot keltiriladi.
Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar (4 kun ketma-ket) dam olish kuni hisoblanadi:
21 mart – payshanba (Navro‘z bayrami);
22 mart – juma (qo‘shimcha dam olish kuni);
23 mart – shanba;
24 mart – yakshanba.

Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
21 mart – payshanba (Navro‘z bayrami);
22 mart – juma (qo‘shimcha dam olish kuni);
24 mart – yakshanba.



Manba:zamin.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5002 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bilan, necha kun, munosabati, dam olishadi, Navro‘z bayrami
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное