Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Prezident mamlakatda elektr uzilgan birinchi tunni qanday o‘tkazganini gapirib berdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning haftalik faoliyatiga bag‘ishlangan «Menimcha» loyihasining uchinchi soni efirga uzatildi. Unda prezident O‘zbekistonda elektr ta’minotida uzilish bo‘lgan birinchi tunni qanday o‘tkazganini gapirib berdi.

«Kecha birinchi OAVdan odamlarni ogohlantirishni so‘radim, chunki xalq sarosimaga tushib qolishi mumkin edi. Metrodan qancha odam chiqarildi, tog‘dan necha kishi olib chiqildi, nechta svetofor ishlayapti, qayerda «GAI» turibdi, telefon nima bo‘ldi – bular haqida har daqiqa xabar berdik. Hammani «baqirtirdim», baqiringlar dedim. Hech kim uxlagani yo‘q kechasi, birorta odamni yo‘qotmaylik deb harakat qildik.

Bu juda katta ofat bo‘ldi, shunchaki hisoblagichni ochib tuzatadigan avariya emas. Hamma narsani o‘chirishimizga to‘g‘ri keldi. Men stansiya yonib ketishidan qo‘rqdim. Sirdaryodagi stansiya yonib ketgan, 1982 yoki 1983 yil edi. Mana shunday avariya bo‘lgan, oltita stansiyaning hammasi yonib ketgan. Shu sabab bosh vazir bilan doimiy aloqada bo‘ldim, bir kunda qancha sochimiz oqardi», dedi prezidenti.

25 yanvar kuni Marakaziy Osiyo yagona energetiya tizimida avariya sabab uzilish yuzaga keldi. 7 soatga yaqin vaqt davomida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda 40 million odam elektrsiz qoldi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3245 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tunni, Qanday, mamlakatda, uzilgan, elektr, Prezident, Birinchi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное