Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Prezident Moliya vaziriga muhlat berdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida rahbarlar bugungi davr talablariga mos ravishda ishlashi zarurligini qayd etdi. 
«Hisobotlarda go‘yoki ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotgandek tuyuladi, lekin ular faqat raqamlar, bizga raqamlar emas, odamlarning ahvoli, turmush darajasi yaxshilanishi kerak. Mahalliy kengash, tuman, shahar va respublika shu bilan shug‘ullanishi kerak. 
Aytinglar yana qanday qaror chiqaray odamlar ishonishi uchun? Bir yilda bitta deputat menga xat bilan chiqmadi. Kecha byudjet muhokama qilinganini ko‘rdim. Janob Qo‘chqorovni chaqib-chaqib olishganini ko‘rdim. To‘g‘ri qilishdi. Deputatlar ma’qullagan byudjetni men imzolamayman. Moliya vazirligidagi noinsoflarga qulay bo‘lgan byudjetni emas, xalqimizga oson bo‘lgan byudjetni imzolayman.
Nima uchun Moliya vazirligini o‘zgartirdim, Moliyaning «M» harfini tushunmaydiganlarni haydab yubordim, rahbarlari ketdi, lekin pastdagi «kalamushlar» o‘tiribdi.
Qo‘chqorov o‘zgarish qilmasa bir oyda ishdan haydayman. Avvalgi «moliyaning hidi» kelib turibdi, tashqaridan ishlar olib borib turibdi bir-ikkitasi. Ertangi kunni o‘ylaydigan Moliya kerak menga», dedi prezident.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3399 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Prezident, muhlat berdi, moliya vaziri
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное