Shohjahon Jo'rayev - Ju... Shohjahon Jo'rayev - Ju...
Dineyra - Bilmading (Vi... Dineyra - Bilmading (Vi...
Mavluda Asalxo'jayeva -... Mavluda Asalxo'jayeva -...
Nargiz - Yor Yor (Video... Nargiz - Yor Yor (Video...
Gulsanam Mamazoitova - ... Gulsanam Mamazoitova - ...
Munisa Rizaeva - Ovuna ... Munisa Rizaeva - Ovuna ...




Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Tanho malagim - Soundtreck
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Taqdir O'yini-Va Bank
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Titanik-soundtreck
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi


Qadrli va muhtaram vatandoshlar!

Sizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Bu qutlug‘ bayramda hammamiz avvalo shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Olloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz.

Oila, mahalla va jamiyat ahliga mehr va e’tibor ko‘rsatish, ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand kishilarga beg‘araz yordam berish, yaxshilik, sabru qanoat kabi ezgu fazilatlarni o‘zida mujassam etgan bu bayramning ma’no-mazmuni bugungi kunda O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosatga g‘oyat uyg‘un va hamohang ekanini, o‘ylaymanki, shu saodatli damlarda har birimiz chuqur his etmoqdamiz.

Ayni vaqtda muqaddas islom dinining ana shunday buyuk insonparvarlik tamoyillarini asrash, targ‘ib etish hozirgi shiddatli zamonda o‘ta dolzarb vazifaga aylanib borayotganini barchamiz yaxshi tushunamiz. Mamlakatimizda keyingi paytda bu borada ko‘p ishlar qilinayotgani sizlarga yaxshi ma’lum, albatta. Jumladan, ulug‘ allomalarimiz Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomlaridagi xalqaro ilmiy markazlar, Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etilgani shu yo‘ldagi ulkan qadamlar bo‘ldi.

Bugungi kunda butun insoniyat hayotiga tahdid solayotgan xavf-xatarlarga qarshi jaholatga qarshi – ma’rifat asosida kurashish, dinimiz pokligini saqlash bo‘yicha mamlakatimiz tomonidan nufuzli xalqaro minbarlardan qator amaliy tashabbuslar ilgari surilmoqda. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” degan nom bilan maxsus rezolyusiya qabul qilish haqida bildirgan taklifimiz jahon miqyosida keng qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Shu ulug‘ ayyom kunlarida uzoq va yaqin musulmon mamlakatlarning xalqlarini, barcha do‘stlarimizni samimiy qutlab, ularga tinchlik, taraqqiyot va farovonlik tilashdan behad mamnunmiz.

Muhtaram yurtdoshlar!

O‘zbekistonimiz yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘yib, barcha sohalarda o‘zgarish va yangilanishlar kuchayib borayotgani, Ramazon hayiti munosabati bilan yurtimizda uch kunlik dam olish e’lon qilingani bu yilgi bayramga alohida fayz va tarovat bag‘ishlamoqda.

Tabarruk ayyom arafasida ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan bir guruh shaxslarni avf etish to‘g‘risida farmon qabul qilingani xalqimizga xos kechirimlilik, bag‘rikenglik va mehr-shafqat fazilatlarining yana bir yaqqol namoyoni bo‘ldi.

Hech shubhasiz, bu huquqiy hujjat jamiyatimizda inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash, bilib-bilmay noto‘g‘ri yo‘lga kirgan insonlarni kechirish, ularni oilasi bag‘riga, to‘laqonli hayotga qaytarishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarimizning uzviy davomidir.

Albatta, biz o‘z diniy qadriyatlarimizni ulug‘lab, e’zozlab yashar ekanmiz, hozirgi yuksak texnologiyalar asrida mustahkam iymon-e’tiqod bilan birga zamonaviy ilm-fan, kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallash, innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni chuqur o‘zlashtirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash barqaror taraqqiyotga erishishning eng muhim sharti ekanini yaxshi tushunamiz.

Muborak hadislarda aytilganidek, ikki dunyo saodatini o‘ylab yashagan inson, xalq hech qachon kam bo‘lmaydi.

Barchangizni muqaddas Ramazon hayiti bilan yana bir bor tabriklayman.

El-yurtimizning shu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin!

Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizda tinchlik, ahillik, fayzu baraka bardavom bo‘lsin!

Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning O‘zi madadkor bo‘lsin!

Shavkat Mirziyoev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1462 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tabrikladi, O‘zbekiston xalqi, bilan, Ramazon hayiti, Prezident
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Загрузка...

Всего комментариев: 0
Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас.
Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин.
[ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ]

Профил

Время: 03:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. L'One - Чёрный Умеет Блестеть  
. Shahzod Murodov - Ko'ring  
. Tohir Mahkamov - Katta Bo'lsang  
. Anvar Sanayev - Sog'indim  
. Sardor Mamadaliyev - Besh yigit sevib qolibdi  
. Jamshid Abduazimov - Nigorim  
. Sardor Mamadaliyev - О друге  
. Sardor Rahimxon - Hayr, Ramazon  
. Shaxboz va Navruz - Sevarmiding  
. Shoxruz (Abadiya) - Oq Libos  
. Shahzoda - Jajji Qizaloq  
. Abdulla Qurbonov - Salovat  
. Shohjahon Jo'rayev - Juma Muborak  
. Shoxruz (Abadiya) - Qoshi Qaro  
. Kaniza - Shahri Sultonim  
. Janob Rasul - Jallimo  
. Ozoda Nursaidova - Farqi Yo'q  
. Sardor Mamadaliyev - Shoyi Ro'mol (Fors Tilida)  
. Dildora Niyozova - Momo Havo  
. Ortiq Sultonov - Armiya  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Tola
. Ummon - Ming Afsus