Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Qahvaning foyda va zarari

Qahva – foydasi va zarari haqida doimo ashaddiy bahs  ketadigan ichimliklardan biri. Kimdir “erta tongdagi bir chashka qahva organizm uchun foydali, uni tetiklantiradi” desa, boshqa birov ana shu arzimasdek ko‘ringan bir chashka qahva kelgusida surunkali kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkinligini uqtiradi. Lekin odatdagidek, haqiqat mana shu da’volarning oralig‘ida yashiringan bo‘ladi. Sizni qahva borasidagi qo‘rquv va  gumonlardan xalos etish maqsadida saytimiz ushbu ichimlikning ijobiy va salbiy tomonlari haqida hikoya qiluvchi infografika tayyorlagan.
Qahvaning ijobiy tomonlari
Kofein iste’moli quyidagi kasalliklar rivojlanishining oldini oladi:
Parkinson kasalligi
Alsgeymer kasalligi
2-turdagi qand kasalligi
Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq saratoni
Ko‘ksov (astma) xuruji
Yurak maromining buzilishi
Insult
Jigar sirrozi
O‘t qopida toshlar paydo bo‘lishi.
Qahva tarkibiga antioksidantlar, vitaminlar, minerallar va proteinlar kiradi.
Qahva sport bilan shug‘ullanganda paydo bo‘ladigan mushak og‘rig‘ini pasaytiradi, shu bois murabbiylar shiddatli mashg‘ulotlardan avval ikki chashka qahva ichishni maslahat berishadi.
Qahva ayrim og‘riq qoldiruvchilarning ta’sir kuchini oshiradi.
Bog‘ uchun foyda: qahva urug‘lari o‘simliklar uchun yerni azot bilan to‘yintiruvchi yaxshi o‘g‘it hisoblanadi.
Kuniga 6 krujka qahva ichgan erkaklarda prostata saratonining eng xatarli shakli   rivojlanishi xavfi 60 foizga kamayadi. Kuniga 1-3 krujka qahva ichganlarda esa bu ko‘rsatkich ikki barobar kam bo‘lgan (30 foiz).
Kuniga kamida 5 krujka qahva ichadigan ayollarda saratonga chalinish xavfi kuniga 1 krujkadan kam ichadiganlarga nisbatan 57 foizga kamaygan. Ashaddiy qahvaxo‘r xonimlar, shuningdek, yoshini e’tiborga olgan holda, ko‘krak saratoniga ham kamroq chalinishar ekan (20 foiz).
Ehtimoliy salbiy jihatlari:
Uyqu maromining buzilishi
Eshitish bilan bog‘liq gallyusinatsiyalar
Ayrim mineral va vitaminlarning yomon o‘zlashishi (jumladan, magniy, rux, temir)
Qon bosimining oshishi
Zaif peshob haydovchi vosita sifatida organizmning suvsizlanishi va undan vitaminlar chiqib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin
Tish emali rangining o‘zgarishi
Jig‘ildon qaynashiga olib kelishi ehtimoli bor
Qahvaga haddan ortiq ruju qo‘yish organizmga ziyon keltirishi mumkin
Qahva urug‘larini qovurish jarayonida baland harorat ta’sirida kanserogenlar (krezot, piramidin, qatron, xushbo‘y uglevodorodlar ) paydo bo‘lishi mumkin.
 
Kofeinning krujkadagi  o‘rtacha miqdori (mg):
Drip coffee – 115-175
Espresso -120
Qaynatilgan – 80-135
Eriydigan -65-100
Kofeinsiz, qaynatilgan –3-4
Kofeinsiz, eriydigan -2-3
Kaloriyaning ko‘payishi (kkal):
Ko‘pirtirilgan qaymoqli (100 g) – 77
Karamel – 25
Paketchadagi shakar -15
Xushbo‘y qaymoq  (1 st.l ) – 15-35
Yog‘li sut (1 st.l) – 18
Yog‘sizlantirilgan sut (2 st.l) – 11
Soyali sut (2 st.l) -17. 


Категория: SOG'LIK
Просмотров: 18944 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Qahva, salbiy, ijobiy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное