Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Kasallik paytida choy va qahva nega zararli?

Choy va qahva kofeinning ko‘pligi tufayli odamni shamollashdan yoki grippdan davolanishini sekinlashtirishi mumkin. Tibbiyot jurnalisti Olga Kashubina Sputnik radiosiga uning organizmni davolashga qanday xalaqit berishi va bu ichimliklarning o‘rnini nima bilan almashtirish mumkinligi haqida so‘zlab berdi.

Issiq ichimliklar shamollash va grippdan davolanish jarayonini tezlashtirishi -bu kasalliklar haqidagi eng keng tarqalgan stereotiplardan biridir. Har kim unga amal qiladimi yoki yo‘q o‘zi hal qiladi, ammo hamma bilishi kerak bo‘lgan bir jihat bor, deb hisoblaydi Olga Kashubina. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallik paytida hamma issiq ichimliklar ham sizga yordam bermaydi. Aksincha, tabiiy tiklanish jarayonini sekinlashtiradiganlari ham bor.
“Shamollaganda men qahva yoki choydan tashqari boshqa narsani ichishni tavsiya qilaman. Harorat ko‘tarilganda suv, kompot, mors yoki boshqa biron bir boshqa ichimlikni ichish kerak. Bu tarkibida kofein bo‘lmagan ichimlik bo‘lishi kerak. Uyqu - bu bepul va maqbullari orasida shamollashni eng yaxshi davolaydigani”, - deydi Olga Kashubina.
Olga Kashubinaning so‘zlariga ko‘ra, ichimlik tarkibidan tashqari uning harorati ham muhimdir. Kuydiradigan biron narsa ichish shart emas. Shuningdek, u bemorning tanasiga ta’sir ichimlik haroratiga ham bog‘liqligini ta’kidladi.
“Sovuq, ammo muzdek bo‘lmagan ichimliklar isitmasi bo‘lgan odam tanasining tabiiy ravishda sovushiga yordam beradi. O‘z navbatida muzlatgichdagi ichimliklar tomoqdagi tomirlarni toraytirishi mumkin va bundan angina kechishi yengillashadi. Agar siz issiqrog‘ini yoqtirsangiz, bunday ichimliklar issiq vannadan keyingiday tomirlarni kengaytiradi va bo‘shashtiradi. Siz issiq vannadan keyin uyqungiz kelishi mumkin, bu esa baland harorat va sog‘lig‘ingiz yomonlashganidan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz sizga aynan kerak narsa», - deb hisoblaydi Olga Kashubina.
Shu bilan birga, choy, qahva, suv va boshqalari kabi ichimliklarni dori sifatida qabul qilib bo‘lmaydi. Ular faqatgina tananing tabiiy davolanish jarayonini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Agar sizga dori kerak bo‘lsa, unda dorixonaga borgan ma’qulroq.


Manba:aniq.uz
Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 3297 | Рейтинг: 0| Рейтинг: choy, zararli, Qahva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное