Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Ishq Jodusi - All I want
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Yoz Ifori - Soundtreck
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Har kuni iste’mol qilinadigan 5 ta zararli mahsulot

Biz iste’mol qiladigan hamma ozuqa ham foydali emas. Olimlar har kuni yer yuzining turli burchaklarida yashovchi millionlab insonlar tomonidan iste’mol qilinadigan va organpizmga zararli bo‘lgan 6 ta mahsulotni sanab o‘tdi, deb yozadi “Segodnya.ua” nashri.
1.  Dudlangan kolbasa
Kolbasa ishlab chiqaruvchilar dudlashning an’anaviy usulidan bugungi kunda deyarli foydalanmaydi. Ular dudlangan kolbasani maxsus suyuqlikda ushlab turishadi. Suyuqlik tarkibida esa toksik modda formaldegid mavjud. 
2.  Qattiq shimiladigan konfetlar
Shimiladigan konfetlar tarkibida tish emalini yemiruvchi va oshqozon shilliq pardasiga zarar yetkazuvchi moddalar bor. Internetda bunday turdagi konfetlar oshqozonga tushgach, qanday holat kuzatilishi aks etgan videoroliklarni tomosha qilishingiz mumkin. Bunday tomoshadan so‘ng konfet yegingiz kelmay qoladi.
3.  Mayda baliqli konservalar
Shprot balig‘ini konservalash jarayonida benzopiren deb ataluvchi kanserogen moddasi qo‘llaniladi. Bu modda esa inson organizmi uchun zararli moddalar orasida birinchi o‘rinda turadi. Biroq konserva ishlab chiqaruvchilar aksariyat hollarda mahsulot tarkibida bu moddani ko‘rsatmaydi.
4.  Uzoq muddat saqlanuvchi sut mahsulotlari
Agar sutni muzlatgichda ikki haftadan ham ko‘proq muddat saqlash mumkin bo‘lsa, bu mahsulot tarkibiga turli antibiotiklar qo‘shilganidan dalolat beradi. Antibiotiklar esa jigarni ishdan chiqaradi va organizmning moddalarni qabul qilish funksiyasini buzadi. 
5.  Tarvuz va qovun
Tarvuz va qovunni avgust oyiga qadar iste’mol qilish—organizm uchun o‘ta xatarli. Chunki, ularni tezroq pishirish va bozorga olib chiqib sotish maqsadida dehqonlar turli kimyoviy moddalardan foydalanadi. Ular esa inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mutaxasislarning fikriga ko‘ra, sentabr oyida tarvuz va qovunni bemalol iste’mol qilish mumkin. Sababi, bu oyga kelib poliz mahsulotlari tabiiy ravishda pishib, yetiladi.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9378 | Рейтинг: 0| Рейтинг: zararli, mahsulot
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное