Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Soundtreck-Великолепный Век
. Tanho malagim - Soundtreck
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Titanik-soundtreck
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Pazanda - Sad Love
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Zerda - Soundtreck
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

Qalb eshiklarini ochamiz!





Shunchaki eshiklardan birini tanlang va qalbingiz ixtiyor etgan yo`l fe`l-atvoringiz haqida qanchalik to`g`ri ma`lumot berishini bilib oling.

Siz erkinlik va mustaqillik yo`lini tanladingiz. Bu tuyg`ularsiz, hatto, nafas olishingiz ham mushkul. Faqat o`zingizgagina tegishli bo`lgan shaxsiy xududingiz bo`lishini juda istaysiz. Bir qarorga kelishdan avval barcha yo`llarni tahlil qilish odatingiz ishda ham, oilada ham doim qo`l keladi. Maqsad sari olg`a intilishda ko`pchilik sizdan o`rnak olsa arziydi. hayotiy quvvatingizni to`g`ri yo`naltira olganligingiz tufayli barcha istaklaringizga erishasiz.
Bu yo`lak – o`z hayollaringizda yaratib olgan kichik olamingiz tomon qaratilgan bo`lsa ajabmas. Bu olamda ortiqcha odamlarga o`rin yo`q, negaki yolg`izlikni xush ko`rasiz. hatto sayohat, turli tadbirlarda ham o`z hayollaringiz bilan yuzma-yuz qolishga intilasiz. Chunki, sizga enaga ham, janjallashish uchun biror kimsa ham kerakmas. Garchi do`stlaringizni yaxshi ko`rsangizda, vaqti-vaqti bilan holi  qolish istagi ustun keladi.
Qiziqarli sarguzashtlar, chinakkam go`zallik va his hayajonlarsiz hayotingizni tasavvur eta olmaysiz. Sukunat va yolg`izlikni o`z dushmaningizdek qabul qilasiz. “Beshikdan to qabrgacha ilm izla” bu hikmatli so`zlarni hayotiy shioringizga aylanib ulgurgansiz. Qiziquvchanligingiz tufayli, xech narsani e`tibordan chetda qoldirmaysiz.
Tanlagan yo`lingizga qarab, har qadamda sirli voqealar izingizdan soyadek ergashib yurishini aytishimiz mumkin. Ehtimol biroz, jizzakilik va shoshqaloqlik ham sizga begona emasdir. Buni avval so`ylab, keyin o`ylash odatingizdan bilib olish mushkul emas. O`rnatilgan qoidalarni buza olish xususiyatingiz tufayli ham atrofdagilarni doim hayratga solasiz. Biroq vaqtingizni havoga sovurayotganingizni yuzingizga ochiq aytishga xech kim jur`at qilolmayotgan bo`lsachi, shu haqda ham bir o`ylab qo`ring.
Bag`ri keng insonsiz. Siz uchun tinchlik-xotirjamlik baridan ustun. Ba`zilarga o`xshab xar qanday yo`l bilan maqsadingizga etishishni istamaysiz. Chunki siz uchun natijadan ham ko`ra, marraga eltuvchi yo`lni mazmunli bosib o`tish muhimroq-da. Ruhiy xotirjamlikka erishish uchun oqim bo`ylab suzasiz. Muammolarni chetlab o`tishda oldingizga tushadigani kam topiladi.
Siz tinchik yo`lini tanladingiz. hayotingiz davomida yolg`izlik, osoyishtalik va ehtiyotkorlik doimiy hamrohingiz sanaladi. Do`stlaringizga doim sodiq va eshitishga tayyor sirdoshsiz. Balki shu sababdan ham siz bilan do`stona munosabatlar o`rnatishni istovchilar ko`plab topiladi. Sizni chinakkam faylasuf deyish mumkin. Yangi tanishlar orttirib ham eski qadrdonlaringizni yoddan chiqarmaysiz.


Manba:Gooper.uz
Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 7555 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: psixologik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Angela Ewiklani raqamlariga qarab berlmaganu izohlari
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное